Breaking News

Isroilga nisbatan xalqaro boykot avjida


"Soda Stream" xalqaro kompaniyasi ishchilari G'arbiy sohildagi zavodda. 2014-yil yanvar.
"Soda Stream" xalqaro kompaniyasi ishchilari G'arbiy sohildagi zavodda. 2014-yil yanvar.

Isroil hukumati bu davlat fuqarolariga tegishli va Falastin hududida faoliyat yuritadigan bizneslarga nisbatan global boykotga qarshi kurashni jadallashtirmoqda.

Tahlilchilarga ko’ra, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastin davlatining barpo etilishiga hech qachon ruxsat bermasligini aytganidan keyin boykot kuchaygan.

“Boykot, huquqlardan mahrum qilish va sanksiyalar” yoki ingliz tilida BDS (Boycott, Divestment and Sanctions) nomli harakatdan maqsad - 1967-yilda Isroil bosib olgan hududlarni bo’shatish talabi bilan Isroilga moliyaviy bosim o’tkazish.

Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis Sharif Nashashibiy harakat kuchayayotganini aytadi.

“BDS harakati katta samara beryapti. Falastin rahbariyati Isroilni Xalqaro jinoiy sudga berdi. Butun dunyo Falastin davlatining barpo etilishini qo’llab-quvvatlasa-da, Isroilga ham bu masalada bosim o’tkazish zarur,” – deydi u.

Fransiyaning “Orange” uyali aloqa kompaniyasi Isroil operatori bilan biznes hamkorlikni to’xtatishga qaror qildi.

Bu qarordan ranjigan Isroil bosh vaziri “Orange” rahbarini Isroilga kelib, masalaga oydinlik kiritishga chaqirdi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri rasmiy Parij boykotni ma’qullamaydi, deydi.

“Soda Stream” xalqaro kompaniyasi G’arbiy sohilda o’z zavodiga ega. BDS harakati uni ham nishonga oldi.

Isroilning jahon hamjamiyatidagi hamkorlari boykotni tanqid qilmoqda. Ammo ular ham Bosh vazir Netanyaxu siyosatidan charchagan, deydi Londondagi Rijents universiteti xalqaro munosabatlar professori Yossi Mekelberg.

“Isroil asta-sekin bir narsani anglab yetyapti: xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, Yevropa Ittifoqi, hatto AQShda Netanyaxu hukumati bosib olingan hududlarda imoratlar qurishda davom etib, tinchlik jarayoniga to’g’anoq bo’lyapti, deyayotganlar bor. Ular tinchlik bitimiga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida bosh qotirmoqda. Va iqtisodiy jabhada zarba berish kerak, degan qarorga kelmoqda,” – deydi ekspert.

Isroil televideniyesiga intervyu chog’ida AQSh Prezidenti Barak Obama Isroilning “muammo ikki davlat ishtirokida hal etilishi kerak” deyishiga xalqaro hamjamiyat ishonmayapti, deb aytdi.

Isroil esa falastinlik jangarilarini tinchlik jarayoniga to’siq qo’yayotganda ayblab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG