Breaking News

Isroil-Misr aloqalari taranglashgan


Qohirada Isroil elchixonasi oldida norozilik namoyishi, 20 avgust 2011
Qohirada Isroil elchixonasi oldida norozilik namoyishi, 20 avgust 2011

Misr-Isroil chegarasida yuz bergan otishmadan beri ikki davlat aloqalari sovuqlashgan. Misr Isroildagi elchisini chaqirib olgan.

Ikki kun oldin Isroil Misr bilan chegarada jangarilar yuribdi deya o’t ochgan edi. Otishmada Misrning besh zobiti o’lgan.

Isroilning bildirishicha, nima bo’lgani tekshirilmoqda.

“Bizning chegarachilar Misr zobitlarini ataylab o’qqa tutmagan”,- deydi Amos Gilad, Mudofaa vazirligi vakili.

Qohirada Isroil elchisini hukumat huzuriga chaqirilib, uning qo’liga rasmiy talabnoma tutqazilgan. Misr Isroildan qattiq norozi ekani uqtirilgan.

Isroil azaldan falastinlik jangarilar Misrga kirib chiqadi deya xavotir bildirib keladi. Misr chegara mahkamligini eslatib, buni inkor etadi.

Bu orada G’azo sektorida hukmron Xamas guruhi Isroil bilan norasmiy sulhdan chiqishga qaror qilib, falastinliklar himoyasi uchun o’t ochishga shay ekanini e’lon qilgan.

Kuni kecha Isroil kuchlari 12 falastinlikni o’ldirgan edi. Yahudiy hukumati bu insonlar terroristlar deydi, Xamas nazarida esa ular oddiy fuqarolar bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG