Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 27-yanvar, 2025

1
Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha hududida tashkil etilgan “Osvensim” konsentratsion lageri mahbuslarining sovet qo’shinlari tomonidan ozod etilganiga 80 yil to’ldi. 27-yanvar - Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kunida yahudiylar ushbu tarixiy maskanni ziyorat qilmoqda.

2
Isroil bilan tinchlik sulhi amal qilayotgan G'azoda sektorning shimoliga yo'l ochildi. Minglab mahalliy aholi G'azoning eng dahshatli vayronagarchilik qayd etilgan shimoliy qismiga qaytmoqda.

3
G'azoning shimoliy qismida vayronaga aylangan uylariga yetib kelgan falastinliklar

4
Ichki xavfsizlik agentlari hujjatsiz migrantlarni izlamoqda, Puerto-Riko.