Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 9-yanvar, 2025
1
AQSh 39-prezident Jimmi Karter bilan vidolashmoqda
AQShda bugun - 9-yanvar sanasi motam kuni. Mamlakat bayroqlari 29-dekabrdan boshlab 30 kun davomida yarim bo'yiga pastlatilgan.
AQShni bir muddat - 1977-1981-yillarda boshqargan 39-prezident Jimmi Karter 100 yoshida 2024-yilning so'nggi kunlarida hayotdan ko'z yumdi.
Qonunchilar, rasmiylar, qo'shni mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik ezgu missiyalari uchun Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan Karter bilan dastlab Kapitoliy binosida, so'ng Vashington Milliy soborida vidolashdi.
Sobiq rahbar o'z vatani - Jorjiya shtatida o'tgan yil 96 yoshida vafot etgan rafiqasi Rozalin Karter qabri yoniga dafn etilmoqda.

2
Kaliforniya shtatining Altadena hududi o'rmon yong'inlari tufayli kulga aylanmoqda
3
Kaliforniyada yong'in talafotlari: Kamida besh kishining jasadi topildi.
4
Zaporojye hududiga tushib portlamay qolgan Rossiya snaryadi, Ukraina.