Breaking News

Iordaniya pilotining yoqilganiga javob tariqasida ikki jangarini qatl etdi

Iordaniya Qiroli Abdulla (chapda) AQSh Prezidenti Barak Obama bilan gaplashmoqda
Iordaniya Qiroli Abdulla (chapda) AQSh Prezidenti Barak Obama bilan gaplashmoqda

"Islomiy davlat" iordaniyalik harbiy uchuvchini tiriklayin yoqib yuborgandan so'ng qirollik ikki jangarini bugun tongda qatl etgan.

Iordaniya hukumati garovdagi pilotni 2005-yil Ammondagi suiqasd xurujiga aloqadorlik ayblovi bilan qamoqda saqlangan iroqlik Sojida Rishaviyga ayirboshlashga umid qilgan edi.

Biroq uchuvchining o'tgan oy qatl etilgani aniqlangach, Rishaviy va yana bir iroqlik jangari dorga osildi.

Internetga qo'yilgan videoda pilotning qafasga solinib yoqib yuborilgani tasvirlangan. Muaz al-Kasasbiy Suriyada samolyoti urib tushirilgach qo'lga olingan edi. Iordaniya "Islomiy davlat"ga qarshi Suriyada AQSh yetakchiligida amalga oshirilayotgan havo hujumlarida ishtirok etib keladi.

Iordaniya Qiroli Abdulla kecha Oq uyda AQSh Prezidenti Barak Obama bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qildi.

Uning aytishicha, Muaz Kasasbiy o'z vatani uchun jonini fido etib, shahid bo'ldi.

"Xalqimiz bunday fojiali damlarda qahramon uchuvchining oilasi bilan birga bo'lishi kerak", - dedi qirol.

Arab davlatlari "Islomiy davlat"ning iordaniyalik pilotni qatl etganini qattiq qoraladi.

Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Vashingtonda hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladi. Unga ko'ra, Qo'shma Shtatlar Iordaniyaga 2017-yilgacha bir milliard dollar miqdorida yordam beradi. Shundan 467 millioni Suriya va iroqlik qochqinlarga yordam sifatida Iordaniyaga berildi.

"Islomiy davlat" iordaniyalik harbiy uchuvchini yoqib o'ldirgan

"Islomiy davlat" tarqatgan surat
1/20 "Islomiy davlat" tarqatgan surat
"Islomiy davlat" tarqatgan surat
2/20 "Islomiy davlat" tarqatgan surat
"Terrorist" degan topilgan ikki mahbus - Sojida Rishaviy va Ziyod Karbuliy qatlidan keyin xavfsizlik kuchlari Swaqa qamoqxonasini tark etmoqda, Iordaniya, poytaxt Ammondan 50 km narida, 4-fevral, 2015-yil
3/20 "Terrorist" degan topilgan ikki mahbus - Sojida Rishaviy va Ziyod Karbuliy qatlidan keyin xavfsizlik kuchlari Swaqa qamoqxonasini tark etmoqda, Iordaniya, poytaxt Ammondan 50 km narida, 4-fevral, 2015-yil
Tiriklayin yoqib yuborilgan pilot Muaz Kasasbiyning onasi uni suratini ushlab turibdi, 27-yanvar, 2015-yil
4/20 Tiriklayin yoqib yuborilgan pilot Muaz Kasasbiyning onasi uni suratini ushlab turibdi, 27-yanvar, 2015-yil
Iordaniyalik bu odam Muaz Kasasbiyning surati yopishtirilgan mashina yonida turibdi, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
5/20 Iordaniyalik bu odam Muaz Kasasbiyning surati yopishtirilgan mashina yonida turibdi, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
Pilot Muaz Kasasbiyning ona qishlog'i Ai, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
6/20 Pilot Muaz Kasasbiyning ona qishlog'i Ai, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
Uchuvchi Muaz Kasasbiyning otasi (o'ngdan uchinchi) Safi Kasasbiy o'g'lining marakasida qatnashmoqda, Ai qishlog'i, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
7/20 Uchuvchi Muaz Kasasbiyning otasi (o'ngdan uchinchi) Safi Kasasbiy o'g'lining marakasida qatnashmoqda, Ai qishlog'i, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
Uchuvchi Muaz Kasasbiyning do&#39;stlari va tarafdorlari uning o&#39;limidan g&#39;azablanib gapirmoqda, Ammon, Iordaniya, 3-fevral, 2015-yil<br />
&nbsp;
8/20 Uchuvchi Muaz Kasasbiyning do'stlari va tarafdorlari uning o'limidan g'azablanib gapirmoqda, Ammon, Iordaniya, 3-fevral, 2015-yil
 
Uchuvchi Muaz Kasasbiyning ona qishlog&#39;i Aida mahalliy qabila uchun maraka uyushtirlmoqda, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
9/20 Uchuvchi Muaz Kasasbiyning ona qishlog'i Aida mahalliy qabila uchun maraka uyushtirlmoqda, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
Uchuvchi Muaz Kasasbiyning oila a&#39;zolari va tarafdorlari poytaxt Ammonda ko&#39;chaga chiqib, uning o&#39;limi yuzasidan norozilik bildirmoqda. Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
10/20 Uchuvchi Muaz Kasasbiyning oila a'zolari va tarafdorlari poytaxt Ammonda ko'chaga chiqib, uning o'limi yuzasidan norozilik bildirmoqda. Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
Iordaniya Qiroli Abdulla (chapda) va AQSh Prezidenti Barak Obama bilan Oq uyda gaplashmoqda, Vashington, 3-fevral, 2015-yil
11/20 Iordaniya Qiroli Abdulla (chapda) va AQSh Prezidenti Barak Obama bilan Oq uyda gaplashmoqda, Vashington, 3-fevral, 2015-yil
Uchuvchi Muaz Kasasbiyning otasi (o&#39;ng) Safi Kasasbiy o&#39;g&#39;lining marakasida, Ai qishlog&#39;i, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
12/20 Uchuvchi Muaz Kasasbiyning otasi (o'ng) Safi Kasasbiy o'g'lining marakasida, Ai qishlog'i, Iordaniya, 4-fevral, 2015-yil
Marhumning akasi
15/20 Marhumning akasi
Marhumning otasi
16/20 Marhumning otasi
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG