G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

1
Falastinlik o't o'chiruvchi G'azoning Isroil hujumiga uchragan asosiy elektr stansiyasida o'tni o'chirishga harakat qilmoqda.

2
Afg'onistonning Qandahor viloyatida xudkushlik hujumi yuz bergan joy yaqinida politsiyachilar yo'lovchilarni nazoratdan o'tkazmoqda. Hujumda prezident Hamid Karzayning yaqin qarindoshi Hashmat Karzay halok bo'lgan.

3
Kanadalik Josh Kassidi Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida ishtirok etmoqda.

4
Shotlandiyada bo'lib o'tayotgan 2014-yilgi Hamdo'stlik o'yinlarida hindistonlik Sushil Kumar va nigeriyalik Melvin Bibo kurash tushmoqda.