Breaking News

Afg'oniston poytaxtida katta ko'chalar yopiq


Kobul, 2-iyun, 2017
Kobul, 2-iyun, 2017

Bu hafta avj olgan norozilik namoyishlari va to'polonlar ketidan favqulodda choralar ko'rilib, Kobulda katta ko'chalar yopilgan, har qanday harakat cheklangan. Bugungi to'qnashuvarda to'rt kishi o'lgan. 15 kishi jarohatlangan.

Inson huquqlari tashkilotlari hukumatni fuqarolar huquqlarini hurmat qilishga, tinch namoyish qilish uchun yo'l berib, politsiyani kuch ishlatmaslikka chaqirmoqda. Rasmiylar deydiki, odamlar tartibga rioya qilmayapti.

Kobulda ko'chaga chiqish va namoyish qilish man etilgan. Odamlar yig'ilsa, jangarilar kelib hujumlar qilishi mumkin, terrorchilar fursatdan foydalanishi mumkin, deya bildirmoqda xavfsizlik organlari.

Shanba - Afg'onistonda ish kuni. Bugun ko'plab odamlarga uyda o'tirishga majbur bo'lgan. Har tarafda tekshiruv.

Aholi xavfsizlik ta'minlanmayotganidan, hukumat fuqarolarga bosim o'tkazib, o'z vazifasini bajarmayotganidan norozi. Nochor iqtisod, beqarorlik va ishsizlik eng muhim muammolar deya tilga olinadi.

O'tgan uch oyda Afg'onistonda 720 ga yaqin odam o'ldirilgan. O'tgan yili jami 3500 fuqaro nobud bo'lgan edi. Olis joylar u yoqda tursin, hatto xavfsizlik choralari eng mustahkam poytaxt Kobulda ham terrorchilar ketma-ket xurujlar qilib, begunoh odamlarni o'ldirmoqda.

Hukumatdan nima foyda, deya so'ramoqda namoyishga chiqqan afg'onlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG