Breaking News

Kerri: Janubiy Xitoy dengizida AQShning o'z manfaatlari bor


Kerri ASEAN sammitida, Kuala-Lumpur, Malayziya, 6-avgust, 2015-yil
Kerri ASEAN sammitida, Kuala-Lumpur, Malayziya, 6-avgust, 2015-yil

Bugun Kuala-Lumpurda Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi sammiti ishini yakunladi. Ishtirokchilar Janubiy Xitoy dengizi bilan bog'liq bahs atamasi bo'yicha kelisholmagani bois qo'shma bayonot darrov qabul qilinmadi. Xitoyning orollardagi qurilish ishlari dengiz hududlariga da'vo qilayotgan qo'shni mamlakatlar noroziligiga sabab bo'lmoqda va sammitda bu mavzu qizg'in muhokama etildi.

AQShdan qatnashgan Davlat kotibi Jon Kerri barcha da'vogar davlatlarni dengizdagi hududlarni o'zlashtirishdan, u yerlarda harbiy inshootlar qurishdan o'zlarini tiyib, ziddiyatlarni yumshatishga chaqirdi.

"Ayrim da'vogar davlatlar bu chaqiriqqa rioya qilishga rozi bo'ldi. Bu muhim qadam, biroq mamlakatlar shuni anglashi kerakki, da'vogarlardan birortasi da'vatni inkor etib o'z ishida davom etsa, boshqalar ham bu qoidalarga rioya qilmaydi", - deydi Kerri.

Davlat kotibiga ko'ra, da'vogar davlatlar o'zlarini provokatsion harakatlardan tiyib, xalqaro qonunlarga ko'ra ish tutishi kerak.

Kerrining muxbirlarga aytishicha, Qo'shma Shtatlarning Janubiy Xitoy dengizida o'z manfaatlari bor va hududga doir da'volarning qanday hal etilishini diqqat bilan kuzatadi.

Xitoy Vyetnam, Filippin, Malayziya va Tayvan da'vo qilayotgan hududlarda sun'iy orollar yaratib kelmoqda. Biroq bu mamlakat Tashqi ishlar vaziri Van Ining kecha aytishicha, qurilish loyihalari to'xtatilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG