Breaking News

Kerri besh davlat bo'ylab safarga chiqmoqda, Eron asosiy mavzu


Amerika Davlat kotibi Jon Kerri bugun Yaqin Sharq va Janubi-sharqiy Osiyo bo'ylab besh kunlik safarga chiqadi.

Maqsad iqtisodiy va xavfsizlik bobida aloqalarni mustahkamlab, Eron bilan erishilgan bitim atrofidagi xavotirlarni tinchlantirish. Amerika bosh diplomati Malayziya, Singapur, Vyetnam, Misr va Qatarda bo'ladi.

Kerrining Qohiraga safari Amerika va Misr orasi taranglashgan, Vashington Misrda sobiq rahbar Muhammad Mursiyning tarafdorlari bosim ostida ekanidan norozi bir paytda o'tayapti.

Ikki davlat siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlikka doir masalalarni strategik muzokaralarda muhokama qilmoqchi.

Qatarda bosh diplomat Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi a'zolari bilan gaplashib, Eron yadro dasturi yuzasidan xavotirlarga barham berishga harakat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG