Breaking News

Saudiya Arabistoni Yamanda otishmani vaqtincha to'xtatadi


Jon Kerri Saudiya Arabistonida Yaman Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi bilan ham ko'rishdi. Vatanda isyonchilarning bosqinidan qochgan Hadi martdan beri qirollikda jon saqlayapti.

Saudiya Arabistoniga safar qilayotgan Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Yamanda otishmani vaqtincha to'xtatishga kelishib oldi. Kerri tashrifi paytida Yaman Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi bilan ham ko'rishdi.

Vatanda isyonchilarning bosqinidan qochgan Hadi martdan beri qirollikda jon saqlayapti. Yaman poytaxti va boshqa hududlar hozir shia Hutiy isyonchilarining nazoratida.

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi kuchlar isyonchilarni bombardimon qilayapti. Insonparvarlik tashkilotlari esa Yamanga yegulik va boshqa yordamni yetkazish qiyin ekanidan shikoyat qiladi.

Jon Kerrining aytishicha, madad shunday uzatilishi kerakki, hech bir tomon qurolini qo'ygan tarafga hujum qilmasin.

Bugun AQSh rasmiysi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr va qirol Salmon bilan ham gaplashmoqda.

Kerri safari paytida Yamanga oziq-ovqat, suv, boshpana va boshqa yordam uchun 68 million dollar yordam ajratdi.

Yaqin Sharqdagi mojarolarning yechimi bormi? Oq uydan javob - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

Yaman - Amerika siyosati / US Yemen Security
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG