Mirziyoyev Bishkekka otlanar ekan, "chegaralar ochilsa edi"


Atambayev, Mirziyoyev, Ostona, 2016-yilning dekabri

6-sentabrda O’zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg’izistonda oliy maqomli safari boshlanadi. O’zbekistonda rahbariyat o’zgarishi ortidan ikki mamlakat munosabatlari iliqlasha boshlagan. Siyosat va madaniyat sohalarida muloqotlar jadallashgan. “Amerika ovozi” oddiy qirg’izistonliklarning mulohazalari, orzu-umidlari bilan qiziqdi.

Azamatjon Vohidov Qirg’iziston halq ta’limi a’lochisi, ilgo’r ferma ho’jaligi rahbari, Farg’ona davlat institutining kimyo-biologiya bo’limini bitirgan.

“Avvalambor, chegaralar ochilsa edi - oddiy halq bordi-keldiga juda qiynalayapti. Yana bir masala - ko’p qirg’izistonlik o’zbek millatiga mansub yoshlar O’zbekiston o’quv yurtlarida ta’lim olishni orsu-havas qiladi. Niyatlari ro’yobga chiqsa ulug’ ish bo’lardi, -deydi u. - Iqtisodiy sohada O’zbekiston keyingi yillarda ahcha taraqqiy etdi, Qirg’izistonda katta-chichik korhonalar qurishga hissa qo’shishi, yirik sarmoyalar kiritishi maqsadga muvofiq, deb o’ylayman”.

Suhbatdosh O’zbekiston rahbarining Bishkekka safari va bo’lajak muloqotlar ikki o’lka aloqalarida katta siljishlarga yo’l ochishi va natijada millionlab insonlarning hayotini yengillatishiga umid qiladi.

Matlubahon Abdullayeva, uy bekasi:

“Andijonda tug’ilib o’sganman. Qirq yildirki, O’shga kelin bo’lib tushganman. Muloqotlar tiklanayotganini ko’rib, ko’zimga yosh kelyapti. Bu kunlarni men ko’p yillar kutdim. Baraka ahillikda.deydilar. Ikki mamlakat hamjihat bo’lsa, yuksalish, farovonlik bo’ladi”.

Keyingi kunlarda O’zbekiston matbuoti, hususan, TV kanallarida, qo’shni Qirg’iziston hayotidan lavhalar ko’paygan. Har ikki o’lka ommaviy ahborot vositalarining ohangi mo’tadillashgan.

“Assalom, O’zbekiston” dasturida qirg’iz san’atkorlarining chiqishini kuzatib maza qildim. Umuman, ommaviy ahborot vositalari inson ongi, tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Borakanku shunaqa hayot ham, deysan kishi”, - deydi Matlubahon Abdullayeva.

Ne’matilla Qudratillayev, Aravon tuman halq teatrining rejissyori:

“Madaniyat va san’at tarjimaga muhtoj emas. Mening orzum - ijodiy jamoalarimizning bordi-keldilari yo’lga qo’yilsa. Yaqinda Janubiy Qirg’zistonda Toshkentning Muqimiy nomli teatri tomoshalar ko’rsatdi. O’sh o’zbek teatri Farg’ona vosiysining viloyatlarida bo’ldi. Endi boshqalar ham borishsin- kelishsin. Yevropada u mamlakatdan bu mamlakatga borish muammo emas - mashinadan tushmay hujjat ko’rsatib o’tib ketaverishar ekan. Aslida bizning mintaqa o’lkalari ham shunday tartibga loyiq. Shart tuzilsa, sayyohlar oqimi ham keskin ko’payadi. Diyorimizda ahir qanchadan-qancha sihatgohu-ziyoratgohlar bor”.

Aynura, xizmatchi:

“O’zbekistondagi qarindoshlarni anchadan beri yo’qlay olmadik. Yo’lni to’sib olishdan hech naf yo’q. Yomon niyatli odam - o’sha ekstremistlarmi, boshqasimi - istasa, chegaradan o’tish usulini topadi".

O’zbekiston Bosh vaziri Bishkekka kelganda masala yechilishiga umid qiluvdik. Bu asosiy muammo. Qolgan masalalar asta-sekin yechilaveradi.

Jamila Qadirbekova, nafaqadagi muallima:

“Ikki mamlakat rahbarlari totuv bo’lsa - halq tinch, ahil-totuv. Niyat toza bo’lsin, fe’limizni o’nglaylik. Azaldan qardosh-qondosh ekanimizni unutmaylik”.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG