Breaking News

Qaddafiy va AQSh maxfiy xizmati orasidagi aloqalar


AQSh Markaziy Razvedka Agentligining asosiy vazifasi xorijda bu davlatga qarshi tahdidning oldini olish
AQSh Markaziy Razvedka Agentligining asosiy vazifasi xorijda bu davlatga qarshi tahdidning oldini olish

Inson huquqlari himoyasi bilan mashg’ul Human Rights Watch xalqaro tashkiloti fosh etgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, AQSh Markaziy Razvedka Agentligi Liviyaning qariyb 42 yillik rahbari Muammar Qaddafiy bilan yaqindan hamkorlik qilgan.

Qaddafiy bugun hayot mamot uchun kurashmoqda. Mamlakatni muxolifat qo’lga olib, muvaqqat boshqaruv hokimiyatni egallagan.

Hujjatlar Tripolidagi davlat idoralaridan topilgan. Ular, deydi tekshiruvchilar, Muammar Qaddafiyning maslakdoshi, maxfiy xizmat boshlig’i Musa Kusaga tegishli.

Qaddafiyning 200-yilda olingan surati
Qaddafiyning 200-yilda olingan surati

2002-yildan beri AQSh markaziy razvedkasi bilan nima ishlar qilinganini aks ettiruvchi bu qog’ozlarda asosan terroristlikda gumon qilinib qo’lga olingan shaxslarni Liviyada yashirin qamoqda saqlash yoki bu mamlakatdan sirli ravishda olib o’tish, so’roq qilish va maxsus operatsiyalar haqida gap ketadi.

Yana bir hujjat AQSh markaziy razvedkasi Liviyada doimiy idora ochish rejasi xususida bo’lib, 2004 yilda yozilgan maktublarda ikki davlat rasmiylari qanchalik apoq-chapoq bo’lganini ko’rsatadi.

Darhaqiqat, 2000-yillar boshida Amerika va Liviya aloqalari ancha iliqlashgan, Bush ma’muriyati Muammar Qaddafiy hukumati bilan tez tez gaplashishga kirishgan edi.

2004-yilda Liviya yadroviy dasturidan voz kechib, G’arbning dushmani emasligini ochiq e’lon qilgan va AQSh hamda Yevropa bilan hamkorlik qila boshlagan edi.

Markaziy Razvedka Agentligi matbuot kotibasi Jennifer Yangblad Liviyada qo’lga kiritilgan bu ma’lumotlarga munosabat bildirar ekan, chet davlatlar va ularning rahbarlari bilan aloqa qilish razvedka faoliyatining bir qismi, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG