Breaking News

Amerika qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan faol Martin Lyuter King tug’ilgan kunini nishonlamoqda. Har yili yanvar oyining uchinchi dushanbasi milliy bayram.

King AQShda fuqarolar huquqlari harakati tepasida turgan, nozo’ravon usul bilan ijtimoiy o’zgarishlar uchun kurashib jon bergan.

Bugun faol 88 yoshga to’lgan bo’lar edi.

U “o’zgarish o’z-o’zidan kelib qolmaydi, uning uchun doim kurashib turish kerak” der edi. Martin Lyuter King ommaviy itoatsizlik, boykot, tinch namoyishlar kabi nozo’ravon usullarni uyushtirgan, faol ishtirokchisi bo’lgan.

Uning faol harakatlari 1964-yilda natija berdi. Kongress Fuqarolar huquqlari qonunini qabul qilib, irqiy bo’linishga hamda irqi, teri rangi, dini, jinsi yoki millatiga qarab ishga olishga chek qo’ydi.

King 1968-yil 4-aprelida 39 yoshda otib o’ldirilgan. Biroq uning ishi davom etmoqda. Insonni kamsitish Amerikada qonunan man qilingan.

“Insonning qancha yashagani emas, qanday yashagani muhim”, degan edi Martin Lyuter King.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG