Breaking News

"М@триЦА" - Markaziy Osiyo yoshlari uchun maxsus TV dastur


Hukumatlar internetni qanchalik nazorat qilmasin, yoshlarning fikru-xayoli bugun o’sha yerda. Global tarmoq parallel dunyoga aylangan. Aloqa, imkoniyatlar, ma’lumot va ko’ngilochar mashg’ulotlar – hammasi internetda.

AQShda asoslangan “Internews”, axborot vositalarini rivojlantirish bilan mashg’ul xalqaro tashkilot, Markaziy Osiyo yoshlari uchun maxsus televizion loyiha boshlagan. Haftalik ko’rsatuv “Matritsa” ("М@триЦА" - M@trix) deb ataladi.

Rus tilida ishlangan programma o’zbek, qozoq, qirg’iz, tojik va turkman tillariga tarjima qilinib, sun’iy yo’ldosh orqali efirga uzatiladi, shuningdek, qiziqqan telekanallarga tarqatiladi.

Markaziy Osiyo aholisining aksariyati bugun 35 yoshga kirmagan insonlar ekani, internet tezlikda tarqalib, turmushimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganini hisobga olsak, odamlarning axborot texnologiyalari xususidagi bilimini oshirish har tomonlama foydali.

“Matritsa” ko’rsatuvi, deya tushuntiradi prodyuser Vladimir Chsheglov, 13-25 oralig’idagi yoshlarga mo’ljallangan, ammo tomoshabinlar nafaqat turli avlod, balki soha va qatlam egalari. Boshlang’ich sinf o’quvchilaridan to’rtib, nafaqaxo’rlargacha… Internetga kira oladigan va kirishga qiziqqanlar uchun “Matritsa” qo’llanma sifatida xizmat qiladi.

Vladimir Chsheglov, "М@триЦА" asoschilaridan biri
Vladimir Chsheglov, "М@триЦА" asoschilaridan biri
“Matritsa”ni ikki yosh talaba olib boradi. Shou to’rt bo’limdan iborat. Birinchi qismda internet olamidagi muhim yangiliklar yoritiladi. Axborot vositasi sifatida u yerda qanday o’zgarishlar bo’layotgani yoki biror bir yirik masala internetda qanday aks etayotgani tahlil qilinadi. Ikkinchi qismida esa “internet qahramonlari” haqida hikoya qilinadi. Internetdagi imkoniyatlardan foydalanib, muvaffaqiyat qozonayotgan, bilimli va kasb-hunarli bo’layotgan yoshlar o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadi. Masalan, yangi biznes boshlayotganlar haqidagi reportajlarimizni sevib tomosha qilishadi, deydi prodyuser Vladimir Chsheglov. Uchinchi qismi yangi texnologiyalar xususida. Kompyuterlar va unga taalluqli texnologiyalar, foto- va boshqa apparatlarni qanday sotib olish va ularni to’g’ri qo’llash sirlari haqida. To’rtinchi qism esa internetdagi foydali va qiziqarli saytlar bilan tanishtiradi. Tomoshabinlar o’zlari yoqtirgan sahifalarning ustun tomonlarini aytib beradi. Ta’lim olish, ishlash va dam olish maqsadida qay saytlarga kirish mumkinligi haqida gap ketadi”.

Gap shundaki, deydi Vladimir Chsheglov, internet - cheksiz dunyo. Arzimas narsalar bilan ovora bo’lib, u yerda soatlab o’tirish mumkin. Ammo bu vositani qanday ishlatishni bilsangiz, u yerda imkoniyat-u siz bilmagan yo’l-yo’riqlar juda ko’p.

Xo’sh, “Matritsa”ni qanday tomosha qilsa bo’ladi?

Internetda http://matrix-ca.tv saytida istalgan paytda. Qozog’istonda kamida 19 mahalliy kanalda tomosha qilishadi. Qirg’izistonda Raketa TV, Tojikistonda uch kanal, sun’iy yo’ldosh orqali esa har kuni o’zbek, qozoq, turkman, qirg’iz va tojik tillarida ko’rish mumkin. Efir vaqtini ham “Matritsa” saytidan bilib olasiz.

Bugun region yoshlari uchun ijtimoiy tarmoqlar, xususan “Odnoklassniki”, “Moi mir”, “V kontakte”, “Facebook” va “Twitter” singari ommabop tizimlar nafaqat ermak balki tashqi dunyoga darvoza. Lekin imkoniyat sizni emas, siz uni qidirishingiz kerak. Shu bois, deydi “Matritsa” ijodkorlari, yoshlar orasida qiziquvchanlik va intilishni targ’ib qilish har doimgidan ham muhim.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG