AQSh mudofaa vaziri Pokiston rahbari bilan terrorizm haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

Uchrashuv paytida

Pokiston Bosh vaziri Shahid Hoqon Abbosiyning aytishicha, uning mamlakati terrorga qarshi astoydil kurashmoqda. Abbosiy Islomobodda AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis bilan shu mavzuni muhokama qildi.

"Vashington va Islomobod bu borada mushtarak maqsadlarni ko'zlaydi", - deydi Abbosiy.

Mattis 3-dekabr Qohirada bo'lib, Misr Prezidenti Abdul Fattoh Sissiyga Sinay yarimorolidagi terror xurujida qurbon bo'lganlar bo'yicha ta'ziya bildirdi. Daish jangarilarining Bir Obid masjidiga hujumida 311 odam o'lgan.

“Daishning Sinaydagi faoliyati yuzasidan Misr bilan razvedka ma'lumotlari almashishda hamkorlikni kuchaytirish, chegara xavfsizligi, Misrni ba'zi zarur anjomlar bilan ta'minlash haqida gaplashdik", - deydi Mattis.

Pokistonda esa Amerika mudofaa vaziri mamlakatdagi jangarilarga qarshi amaliyotlarni kuchaytirishni so'ragan. Afg'oniston va AQShdagi ayrim rasmiylarga ko'ra, Islomobod qo'shni Afg'onistonda mahalliy va xalqaro kuchlarga hujum qilayotgan Tolibon va boshqa jangari guruhlar yetakchilariga Pokistonda qo'nim topishga to'siq qo'ymayapti. Ba'zilar Pokistonni hatto jangarilarga yordam berayotganlikda ayblaydi.

"Janubiy Osiyoda barqarorlikni tiklash uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Barqarorliksiz farovonlik bo'lmaydi", - dedi Mattis.

Islomobod jangarilar bilan tili bir ekani haqidagi da'volarni inkor etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG