Breaking News

Amerikaning uzoq yillik senatori, urush qahramoni Jon Makkeyn vafot etdi

Senator Jon Makkeyn saylovchilar bilan uchrashuvda, Ogayo shtati, 2008-yil
1/25 Senator Jon Makkeyn saylovchilar bilan uchrashuvda, Ogayo shtati, 2008-yil
A negative SARS-CoV-2 rapid antigen test used to detect the Covid-19 coronavirus hangs on a Christmas tree in Lausanne, Switzerland..
2/25 A negative SARS-CoV-2 rapid antigen test used to detect the Covid-19 coronavirus hangs on a Christmas tree in Lausanne, Switzerland..
Jon Makkeynning samolyoti 1967-yilda Vyetnamda urib tushiriladi va asirga tushib, 5,5 yil qamoqda o'tiradi. Qiynoqlardan tirik qolib, vataniga qahramon sifatida qaytadi. 
3/25 Jon Makkeynning samolyoti 1967-yilda Vyetnamda urib tushiriladi va asirga tushib, 5,5 yil qamoqda o'tiradi. Qiynoqlardan tirik qolib, vataniga qahramon sifatida qaytadi. 
Makkeyn urush asiri sifatida boshdan kechirganlarini intervyuda so'zlab bermoqda, 1973-yil
4/25 Makkeyn urush asiri sifatida boshdan kechirganlarini intervyuda so'zlab bermoqda, 1973-yil
Jon Makkeyn Prezident Richard Nikson harbiylar uchun tashkil etgan ziyofatda, 1973-yil
5/25 Jon Makkeyn Prezident Richard Nikson harbiylar uchun tashkil etgan ziyofatda, 1973-yil
Prezidentlikka Respublikachilar partiyasidan nomzod Jon Makkeyn va vitse-prezidentlikka nomzod Sara Peylin, Missuri shtati, 2008-yil
9/25 Prezidentlikka Respublikachilar partiyasidan nomzod Jon Makkeyn va vitse-prezidentlikka nomzod Sara Peylin, Missuri shtati, 2008-yil
Jon Makkeyn va senator Jo Liberman, 2008-yil
10/25 Jon Makkeyn va senator Jo Liberman, 2008-yil
Arizonalik senator Makkeyn so'nggi bir yilda miya saratoni bilan kurashayotgan edi, 2017-yil
11/25 Arizonalik senator Makkeyn so'nggi bir yilda miya saratoni bilan kurashayotgan edi, 2017-yil
Marhum senatorning rafiqasi Sindi Makkeyn
14/25 Marhum senatorning rafiqasi Sindi Makkeyn
Previous slide
Next slide

Jon Makkeyn, AQSh Kongressining uzoq yillik a'zosi, xalq hurmatini qozongan davlat arbobi, ikki bor prezidentlikka harakat qilgan senator, 81 yoshida vafot etdi. 2017-yilda unga miya saratoni tashxisi qo'yilgan edi.

Prezident Donald Tramp senator oilasiga ta'ziya bildirdi.

Vyetnam urushida asirga tushib omon qolgan sobiq harbiy qonunchilik faoliyati davomida jangovar ruhi, 2008-yilda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlikni qo'lga kirita olgani va mag'rur vatanparvarligi bilan tanilgan edi.

"Erkin yurtda yashayapmiz, bu mamlakatda barcha imkoniyatlar muhayyo", - degan edi u rak diagnozi qo'yilganidan bir necha oy o'tib.

O'sha nutqida Makkeyn amaldagi Prezident Donald Trampni ham keskin tanqidga olgan:

"Muammolarni yechishga ojiz odamlar tomonidan o'ylab topilgan soxta millatchilikni pesh qilib, xalqaro sahnada yetakchilik qilish, dunyoda umid manbai bo'lib qolish majburiyatimizdan voz kechib o'tiribmiz", - degan edi senator.

Jon Makkeyn 1936-yilda admiral oilasida dunyoga kelgan. AQShning Vyetnamda olib borgan urushida uchuvchi bo'lgan. 1967-yilda uning samolyoti Shimoliy Vyetnamda urib tushiriladi va Makkeyn 5,5 yil qamoqda o'tiradi. Qiynoqlardan tirik qolib, vataniga qahramon sifatida qaytadi.

Oradan o'nlab yil o'tib, respublikachi senator Vyetnamga tashrif buyurgan, Vashington va Xanoy o'rtasida aloqalarni tiklash tashabbusini olg'a surgan.

"Qamoqda meni tahqirlagan ayrim shaxslar bor, ularni hech qachon ko'rishni istamayman. Lekin Vyetnam xalqi haqidagi fikrim o'zgarmaydi, ular ajoyib va bizga do'st. Bir-birimizga kerakmiz".

2001-yil 11-sentabr terror xurujlari ketidan Makkeyn Afg'oniston va Iroqdagi urushlarni quvvatlab, terrorchilikda gumon qilingan shaxslarni qiynoqqa solish siyosatini qoralagan.

2008-yilgi prezidentlik saylovida Barak Obamaga yutqazgan Makkeyn Senatga qaytib, Qurolli kuchlar qo'mitasiga raisligini davom ettiradi. AQSh global yetakchilikdan chekinmasligi kerak, der edi u.

2016-yilgi saylov kampaniyasida Donald Tramp Makkeynning qahramon ekanini savolga tutganida, senator unga javob bermagan.

"U asirga tushgani uchun qahramon. Xunuk bo'lsa ham sizga aytay: menga asirga tushmaganlar yoqadi", - degan edi Tramp.

Makkeyn Trampning siyosati va boshqaruv uslubini, Vashingtondagi siyosiy tarafkashlikni tanqid qilib kelar edi. U Barak Obama davrida qabul qilingan va Tramp bekor qilishni taklif etgan sug'urta dasturiga qarshi ovoz berishdan bosh tortgan.

Prezident Donald Tramp qatorida Germaniya, Fransiya, Kanada, Hindiston va Afg'oniston rahbarlari Makkeyning oilasiga ta'ziya bildirdi. Dafn marosimida sobiq prezidentlar Barak Obama va Jorj Bush so'zlashi kutilmoqda. Makkeyn oilasi a'zolaridan Trampni marosimga taklif etmaslikni so'ragani haqida yil boshida xabarlar chiqqan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG