Breaking News

Sibirning olis hududlariga tibbiy xizmat kemada bormoqda


Sibirliklarga tibbiy xizmat ko'rsatayotgan kema
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

Jahon bo’ylab 400 million odam oddiy tibbiy xizmatdan mahrum. Ba’zi joylar notinch, boshqa joylar esa shifokorlar borib ishlashi uchun juda olis. Masalan, Sibirning ayrim burchaklari. Bu yerlarga tibbiy kemalar safarbar etiladi.

Bir qarashda ular harbiy kemaga o’xshaydi.

Lekin bortida doktorlarni ko’rasiz. 50 kunlik missiya davomida ular Rossiyaning eng uzoq qismlariga borib, ishlashadi.

“Ketayotgan joyimizda qancha odam yashashini bilaman. 39 posyolka bor. Vaziyat bizga ma’lum. Transport qatnovi haqida ham bilaman. Shifokorman. Insonman. Bemorlarning oldiga bormasdan iloj yo’q. Muayyan yo’nalishlardagi xizmatlar zarur. Kasalliklar bilan olishayotgan insonlarning oldiga borish bizning burchimiz. Aks holda, ko’plab odamlarning sog’ayishiga kafolat yo’q”, - deydi kema rahbari Tatyana Solomatina.

Bu tibbiy mutaxassislar nafaqat xizmat ko’rsatadi, balki o’zlari bilan dori-darmon ham olib boradi. Noyob preparatlar.

“Biz barcha zarur narsalar bilan boramiz. Laboratoriyalar. Ilg’or uskunalar. O’tgan yili biz bemorni izchil tekshiradigan texnologiya olib bordik”, - deydi onkolog Vladimir Krilov.

Manzilga yetishganda odamlar qator turib, navbat kutishadi.

Tabiiy hol, deydi hamshiralar, chunki tibbiy xizmat tekin.

“Orziqib kutamiz. Muammo ko’p. Kasallar talay. Klinikada faqat bitta medik bor. Biror narsani chuqur biladigan mutaxassisga zormiz”, - deydi bemorlardan biri.

Tibbiy kema uchun yillik xarajat qariyb 200 ming dollar. Odamlarning yuzidagi tabassum eng muhimi, deydi shifokorlar.

“Erimda qand kasali bor. Tinimsiz siqiladi. Oyog’ini ham sindirib oldi. Tinimsiz dori ichadi, juda ko’p. Shikofor ruxsati bilan olinadigan dorilar ayrim hollarda tekin. Mutaxassislar yo kelishadi yo biz boramiz”, - deydi Galina Stepanova ismli bemor.

Tibbiy kemalarda ishlaydiganlar oyligidan mamnun. Ayrimlar uchun maoshdan ko’ra odamlarning rahmati muhimroq.

“Sayyoramizda bu joyga o’xshagan boshqa go’sha yo’q. Buyuk Vasyugan o’rmonlari kurrai zaminning yuragi. Oxiri yo’q tabiat, o’ziga xos go’zallik, odamlar. Ularni boshqa hech bir yerda uchratmaysiz. Aholi punktlari deyarli mavjud emas. Rossiyaning bu taraflarida odamdan ayiqlar ko’proq”, - deydi nevropotolog Svetlana Pershina.

Bir safarga chiqqanida tibbiy kema 4000 kilometr yo’l bosadi. Xodimlar bunday komandirovkalarni yanada ko’paytirish niyatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG