Breaking News

Hind okeani ustida yo'qolgan samolyot halokati sabablari hanuz o'rganilmoqda


MH370-reys halokati sabablari hanuz o'rganilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:12 0:00

Aviatsiya ekspertlari Fransiyadagi laboratoriyada Janubiy Xitoy dengizi osmonida g’oyib bo’lgan, Malayziya havo yo’llariga qarashli 370-reys samolyotining qoldiqlarini o’rganishda davom etmoqda. Hind okeani sohillaridan topilgan parchalar kuchli mikroskoplar ostida diqqat bilan tahlil qilinmoqda. “Amerika ovozi” ana shu laboratoriyaga tashrif buyurib, ishlar qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

Jou Reynolds sud ekspertizasi nima ekanini juda yaxshi biladi.

Uni aviatsiya sohasi detektivi deb atash mumkin.

“Qirilgan, tirnalgan, o’yilgan narsalarning hammasini tushunish muhim”, - deydi u.

Reynolds va uning RTI kompaniyasi ayni paytda xuddi shu ish bilan band: o’tgan yili mart oyida Hind okeanida izsiz ketgan samolyotning halokati sabablarini o’rganmoqda.

Samolyotni burishda va yerdan ko’tarishda ishlatiladigan flaperon texnologiyasi ekspertlar diqqati markazida. U bilan uchish va qo’nish paytida samolyot qanotlari boshqariladi.

Agar flaperonning qanday holatda bo’lganini aniqlay olsak, bu halokat yuz bergan payt samolyot qanday vaziyatda bo’lganini tushunish imkonini beradi, deydi Reynolds.

“Dengizga nisbatan qanday burchakda uchganini bilish mumkin”, - deydi u.

RTI guruhi ishga yollanganda, birinchi vazifa qismlarning haqiqatdan ham shu samolyotga tegishli ekanini aniqlash bo’ldi. Mana bu elektron mikroskop bo’yoqlarni tekshiradi.

“Qizil to’lqinlarning har biri davriy jadvaldagi bir belgini ifodalaydi”, - deydi Reynolds.

Xuddi shu usul MH370-reysni o’rganishda ham qo’llanilmoqda. Chunki “Boing 777” samolyoti uchun xos bo’lgan maxsus bo’yoq formulasi bor.

RTI mutaxassislarining aytishicha, ekspertlar uchun endigi vazifa halokat sabablarini aniqlash.

“Nega bunday bo’lganini bilishni xohlaymiz. Uning bunchalik qizib ketishiga nima sabab bo’lgan?”, - deydi Reynolds.

Shu maqsadda muhandislar samolyot qoldiqlaridan ayrim qismlarni ajratib olib alohida tekshiruvdan o’tkazadi. Yuqori rezolyutsiyaga ega raqamli mikroskoplar yordamida ichki teshiklari ham ko’zdan kechiriladi.

Bu og’ir va uzoq vaqt oladigan ish. Bu yerda qo’lga kiritilgan dalillar halokat sinoatining kaliti bo’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG