Vashington choyxonasi: Prezident Mirziyoyev AQShda o'zbekistonliklar bilan uchrashadi

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston rahbari shu yil sentabr oyida Nyu-York shahrida bo'ladigan BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida qatnashish uchun AQShga kelishi kutilyapti. Bu tashrif davomida o'zbekistonliklar bilan uchrashuv o'tkazish rejalanmoqda.

Bu tashabbus ilk bor Axborot texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov "Facebook" ijtimoiy tarmog'i orqali AQShda yashovchi o'zbekistonliklarga murojaat qilishi ortidan chiqdi. U Qo'shma Shtatlarda Prezident Mirziyoyev va bu yerdagi vatandoshlar o'rtasida uchrashuv o'tkazish uchun qatnashchilarni yig'ish harakatini boshladi. Shu maqsadda maxsus onlayn forma ham tashkil etildi.

"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi dasturida shu mavzuni muhokama qildik. Ushbu uchrashuvni o'tkazishdan asosiy maqsad nima? Unda kimlar qatnashishi kutilyapti? Amerikadagi, umuman, xorijdagi o'zbekistonliklar bugun O'zbekiston hukumatidan nimalarni kutadi? Suhbatimizda shu savollar atrofida fikr yuritdik.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG