Vashington choyxonasi: O'zbekiston ichki va tashqi siyosatidagi o'zgarishlar

  • Amerika Ovozi

Shavkat Mirziyoyev (markazda) Rossiyada Prezident Vladimir Putin mehmoni, Moskva, 5-aprel, 2017-yil.

"Vashington choyxonasi"ning bu soniga o'zbekistonlik yosh tadqiqotchi Rafael Sattorovni taklif qildik.

Rafael Sattorov o'zbekistonlik yosh tadqiqotchi. Toshkentda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetini bitirib, so'ng Moskvadagi Milliy tadqiqot universiteti Oliy Iqtisodiyot maktabidan magistrlik darajasini olgan. Ayni paytda Amerikadagi Jorj Vashington universitetida Markaziy Osiyo dasturi bo'yicha ilmiy izlanish olib bormoqda. Shuningdek, post-Sovet o'lkalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar hamda AQSh-Rossiya munosabatlari, Markaziy Osiyodagi AQSh siyosati hamda mintaqadagi xalqaro geosiyosiy munosabatlar haqida tadqiqot olib boradi.

Rafael bilan O'zbekistondagi yangi hokimiyatning ichki va tashqi siyosati haqida gaplashdik. Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylangandan beri bu borada qanday o'zgarishlar yuz berdi yoki yuz berishi kutilmoqda? Bundan buyon O'zbekiston qaysi yo'ldan borishi haqida aniq xulosa qilishga yetadigan darajada oradan vaqt o'tdimi?

Rafael Sattorov bilan shu va boshqa savollar haqida muloqot qildik. Suhbatimizni quyida tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG