Breaking News

Huquq faollari Chirchiqda siyosiy mahbus bilan ko'rishdi


Qashqadaryo viloyati Muborak shahri hokimi lavozimida ishlagan Murod Jo’rayev 1994-yilda hokimiyatni ag’darishga urinishda ayblanib 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinchalik u bir necha bor qamoqxona ichki tartibni buzishda ayblanib sud qilindi, jazo muddati cho’zilaverdi.
Qashqadaryo viloyati Muborak shahri hokimi lavozimida ishlagan Murod Jo’rayev 1994-yilda hokimiyatni ag’darishga urinishda ayblanib 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinchalik u bir necha bor qamoqxona ichki tartibni buzishda ayblanib sud qilindi, jazo muddati cho’zilaverdi.

21 yildan beri qamoqda o’tirgan, O’zbekistonning eng tanilgan siyosiy mahbuslaridan biri Murod Jo’rayev ozodlikka chiqishi mumkin. Bu haqda Jo’rayev bilan qamoqxonada uchrashgan “Ezgulik” jamiyati faollari xabar berdi.

21 yildan beri qamoqda o'tirgan Murod Jo'rayev ozod etilishi kutilmoqda - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:56 0:00

Amaldagi jazo muddati tugayotgan Jo’rayevga nisbatan qo’shimcha muddat belgilanishi kutilmayapti. Bu o’zgarish qamoqda qolayotgan boshqa siyosiy mahbuslar taqdiriga qanchalik ta’sir o’tkazishi hozircha noma’lum.

“Ezgulik” jamiyati vakillari Vasila Inoyatova va Abdurahmon Tashanov Murod Jo’rayev bilan Chirchiqdagi qamoqxonada ushrashgan.

Tashkilotga ko’ra, Jo’rayev va boshqa siyosiy mahbuslar bilan uchrashishga ruxsat olish uchun Jazoni ijro etish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilingan va kutilmaganda bu arizaga boshqarma tomonidan ijobiy javob berilgan.

Abdurahmon Tashanovning bildirishicha, mahbusning salomatligi yaxshi, qamoqxonadagi munosabat ham o’zgargan.

“Ancha keksaygan, tishlari to’kilgan, lekin ruhiyati ko’tarinki, sog'lig’i ham unchalik yomon emas. U yerdagi tibbiy xizmat yaxshi qarayotganini, ayniqsa tashqaridan xalqaro bosimlar bo’layotganini ham sezayotganini, shuning uchun ma’muriyatning munosabati ham ancha o’zgarib qolganini aytdi”, - deydi Abdurahmon Tashanov “Ozodlik” ka bergan intervyusida.

Jo’rayevning ozodlikka chiqishi haqiqatga yaqin, deydi faol.

“Ozodlikka chiqishini ehtimoli katta, buni Murod akaning o’ziga ham aytishgan. Unga qo’shilgan muddati tugashiga bir necha kun qolgan, bunday paytlarda odatda qamoqxona tartibini buzdi degan jarima qilib qo’yishardi. Hozircha bunaqa narsa yo’q. Uning o’zida ham chiqishiga ishonch katta”, - deydi Tashanov.

Sobiq deputat Murod Jo’rayev O’zbekistonda eng uzoq muddat panjara ortida o’tirgan siyosiy mahbus. Bu muddatning deyarli yarmi bevosita qamoqxonada, ichki tartibni buzish ayblovi bilan o’tgan sudlar natijasida uzaytirildi.

Ammo faollar esa bu borada xulosa qilishga shoshmaslikka undaydi.

Huquq himoyachisi Surat Ikromov ham o’tgan yil Murod Jo’rayev bilan qamoqxonada uchrashgan. Unga ko’ra, o’sha uchrashuvdan so’ng ham Murod Jo’rayevning tezda ozodlikka chiqarilishi mumkinligiga umid uyg’ongan edi.

“Shaxsan menda shunday ishonch kuchli edi, chunki Jazoni ijro etish boshqarmasiga yozgan arizamga tezda javob olgan edim. Odatda bunday arizalarga javob berilmasdi. Shuning uchun ham men yaqin orada uni chiqarishsa kerak deb juda ishongandim. U yerda Jo’rayev bilan gaplashganimizda hammasi vodeotasvirga yozib olingan edi. Bu tasvir, uning gaplari albatta yuqoridagi rahbarlarga yetkazilgan. Hozirgi paytda esa endi buni yana qarab chiqishayotgandir. Jo’rayevning vaziyati boshqacha. U 21 yildan buyon o’tiribdi, endi ozod qilinishi kerak. Bu AQSh Davlat kotibi (Jon Kerri) ning tashrifiga bog’liqmi, bir narsa deyish qiyin. Chunki yopiq eshiklar ortida o’tgan muzokarada nimalar deyilgani noma'lum, lekin shunday taxmin bor. Agar uchrashuvda bu narsa ko’tarilgan bo’lsa, bu imkon qadar boshqa siyosiy mahbuslarga ham tegishli bo’lishiga umid qilamiz”, - deydi Surat Ikromov.

Qashqadaryo viloyati Muborak shahri hokimi lavozimida ishlagan Murod Jo’rayev 1994-yilda hokimiyatni ag’darishga urinishda ayblanib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Keyinchalik u bir necha bor qamoqxona ichki tartibini buzishda ayblanib, sud qilindi, jazo muddati cho’zilaverdi. Jo’rayevga so’nggi bor 2012-yilda uch yillik qamoq muddati qo’shib berilgan edi.

Toshkent Politexnika institutini bitirib, 1991-92 yillarda parlament a'zosi bo'lgan Jo'rayev hozir 63 yoshda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG