Breaking News

Rashida Tolib Kongressdagi birinchi muslima bo'lishga shay


Sobiq qonunchi, demokrat Rashida Tolib besh raqibidan ustun chiqib Kongressda Michigan shtati vakili sifatida xizmat qilishga tayyor. U AQSh Kongressidagi birinchi musulmon ayol bo’ladi.

Rashida Tolib AQSh Kongressidagi birinchi muslima bo'lishga shay
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

​Ahlam Jbara Illinoys shtati, Chikago shahrida yashaydi. Uyidan olti soat naridagi AQSh Kongressiga Michigan shtati nomzodini qo’llab-quvvatlash uchun ko’ngilli sifatida qatnaydi.

Chikagodan bo’lgani sabab Michigan shtati Detroyt shahri nomzodi Rashida Tolibga ovoz berolmagan bo’lsa-da, uning muvaffaqiyatidan umidga to’la.

“Musulmon, arab, falastinlik amerikalik sifatida xuddi o’zim, bir xilmiz”, - deydi Ahlam Jbara.

Saylov Michiganda bo’lgani bilan Rashida Tolibning Kongress tomon kampaniyasi butun mamlakat bo’ylab tarixiy ahamiyatga ega. Ayniqsa musulmon ayollar yangi eshiklar ochilishidan umidvor.

“Yosh qizlardan ham smslar olaman. Oxirgisi masalan, “Meni tanimaysiz, ismim Homa, sizni Nyu-Yorkdan turib kuzatib borayotganimni aytmoqchiman”, deb yozibdi. Ey, xudoyimey, yuragim titrab ketdi”, - deydi Rashida Tolib.

“Rashida siyosatga befarq bo’lmagan yoshlar qatlamini shakllantira oldi”, - deydi Ahlam Jbara.

“U faqatgina yoshlarni emas, ilgari hech ovoz bermagan fuqarolarni ham jalb qila oldi. Amerikada tug’ilganlar orasida hatto hech qachon ovoz bermaganlar bor. Chunki ular siyosatchilarga ishonmagan”, - deydi Ahlam Jbara.

Tolib aynan shu qatlamni jalb qilgani muvaffaqiyat keltirdi. Buni ular saylov natijalarni qo’lga kiritgandan so’ng anglab yetdi.

Saylov natijalaridan his-hayajonga to’lgan Rashida Tolib, muvaffaqiyatga erishishda ota-onasi, oilasini ham hissasini aytib o’tdi.

“Tong sahardan televizorga yopishgan Iordan daryosining g’arbiy sohilidagi onamga, buvimga, Falastindan ko’z tikib turgan qarindoshlarimga rahmat. Axir ularning jigari saylovlarda g’olib bo’ldi”, - deydi u.

Noyabrdagi saylovlarda respublikachi raqib yo’q ekan, Rashida Tolib to’g’ridan-to’g’ri Kongressga boradi, qasamyod qiladi. Amerikalik musulmon xotin-qizlarning ishonch va umid bilan ko’zi unda.

“Bu muvaffaqiyatga ular o’zi erishganday xursand. Rashida Kongressda boshqa amerikaliklar kabi musulmon ayollarining yuzi, umidi, ovozi bo’ladi”,- deydi Ahlam Jbara.

Kongressda musulmon ayollar bundan buyon ko’payish arafasida. Mennisota shtati qonunchisi asli Somalidan bo’lgan Ilhan Umar shu kunlarda saylovlarda qatnashadi va Rashida bilan birga AQSh Kongressida joy egallashi mumkin.

Rashida Tolib Kongressda xizmat qilishga shay musulmon ayol
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG