Qochqinlar Bangladesh va Myanma o'rtasida sargardon

  • Amerika Ovozi

Xalqaro tashkilotlar Myanma va Bangladeshdagi vaziyat keskinlashganidan tashvishda. Myanmadagi Rakxayn shtatida minglab aholi zo’ravonliklardan qochib boshpanasiz, sargardon.

Myanmani tark etgan 18 ming musulmon zo'ravonlik, xunrezlikka guvoh bo'lgan.

"Buddistlar odamlarimizni so’yib tashlayapti. Qir-adir oralab, chegaralardan o'tib, Bangladeshga keldik. Boshqa ilojimiz yo’q”, - deydi qochqinlardan biri.

"Buddistlar bizni o’ldiryapti, uylarimizni yoqib yuborishdi. Erimni otib o’ldirdi”, - deydi yana bir qochqin.

BMT Qochqinlar agentligining “Amerika Ovozi”ga bilidirishicha, qochoqlarni boshpana bilan ta'minlash katta muammo.

​Myanmadagi ozchilik hindu guruhlari ham zo’ravonlikdan qochmoqda. Rakxayndan qochish musulmon isyonchilari politsiya mahkamalariga qilgan takroriy hujumlaridan so’ng boshlangan.

Chegarachilar tibbiy markaz tashkil qilib, minglab qochoqlarga yordam bermoqda.

Roxinjaliklar avlod-ajdodlari bilan Myanmada yashaganiga qaramay, hukumat ularni hamon bangladeshlik kelgindi deya fuqarolikka loyiq ko’rmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG