NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning aytishicha, Gruziya alyansga a'zo bo'lish yo'lida ko'p islohotlarni amalga oshirdi, ammo blokka kirishi uchun yana qator ishlarni qilishi kerak.
Rasmussen bugun Tbilisida bo'lib, mamlakat rahbariyati bilan uchrashgan. Gruziyada kelayotgan saylovlar demokratik islohotlar darajasini sinovdan o'tkazadi, deydi u.
NATO Gruziyani qonun ustuvorligini kuchaytirishni, saylovlarni ochiq va erkin o'tkazishga chaqirib keladi.
Rasmussen respublikaning Afg'onistondagi koalitsiya muvaffaqiyatlariga qo'shayotgan hissasini ham ta'kidlab o'tdi.
Bu mamlakatda hozirda 900 dan ziyod gruzin zobiti xizmat qiladi. NATOga a'zo bo'lmagan davlatlar orasida bu ikkinchi ko'rsatkich.
NATO: Gruziya blokka kirishga hali tayyormas
- Amerika Ovozi
