Breaking News

Amerikaliklar harbiy aralashuvlarga qarshi


Yevrosiyo guruhi jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan so’nggi milliy ommaviy so’rov aksariyat amerikaliklar hukumatining diplomatiyani ishga ko’proq solib, dunyo bo’ylab harbiy aralashuvlarni kamaytirish tarafdori ekanini ko’rsatmoqda.

Xalqaro hayot – 30-sentabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:02 0:00

AQSh 20 yillik urushdan so’ng qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishi ketidan Prezident Jo Bayden BMT minbarida AQSh bundan keyin cheksiz urushlarni tugatib, cheksiz diplomatiya davrini boshlashini aytdi.

Mamlakat bo’ylab o‘tkazilgan eng so’nggi so’rovda qatnashgan amerikaliklarning katta qismi ham Bayden bilan hamfikr.

Yevrosiyo guruhi jamg’armasi uyushtirgan so’rov natijasidan ma’lum bo’lishicha, so’ralganlarning aksariyati xorijiy mamlakatlarda xizmat qilayotgan amerikalik askarlarning kamaytirilishi hamda kelajakda xorijga qo’shinlarning kamroq safarbar etilishi tarafdori; 58 foizi AQSh diplomatik haakatlarni kuchaytirishi kerak, deydi.

“So’rovda qatnashgan odamlarning 62 foizi nazarida, afg’on urushidan olingan eng katta saboq shuki, Amerika boshqa mamlakatlarda davlatchilik bilan shug’ullanmasligi, qo’shinlar Amerikaning muhim manfaatlari tahdid ostida bo’lgandagina safarbar etilishi kerak”, - deydi jamg’arma tadqiqotchisi Karolin Grey.

So’rovda qatnashgan 18 dan 29 yoshgacha bo’lganlarning 80 foizi nazarida, AQSh hujumga uchramaguncha prezident xorijda harbiy amaliyotni boshlashdan oldin Kongressdan ruxsat olishi kerak.

“Yosh amerikaliklarning 65 foizi Eron bilan yadroviy muzokaralarni jonlantirish tarafdori, qudratga to’layotgan Xitoy harakatlarini nazorat qilish uchun Amerikaning Sharqiy Osiyoda harbiy salohiyatini oshirishiga qarshi, mudofaa byudjetining kamaytirilishini istaydi. Yoshi ulug’roq vatandoshlaridan farqli o’laroq, yoshlar dunyodagi muammolarni hal qilishda qurolli kuchlarga kamroq tayanish kerak deb hisoblaydi”, - deydi sotsiolog.

Xitoy va Rossiya bilan ish qilishga kelganda so’rovda qatnashgan amerikaliklarning fikri bo’lingan ko’rinadi; Xitoy Tayvanni bosib olsa, 40 foizi AQSh nima qilishi kerakligini aytishga qiynalgan.

Vashingtonlik bir tahlilchiga ko’ra, tashqi siyosat bilan shug’ullanuvchi aksariyat mulozimlarda bu masalada yakdillik mavjud.

“Vashingtondagilar xavfsizlik bobida Xitoyni qudratga to’layotgan raqib sifatida ko’radi. Prezidentning o’zi ham bu haqda ko’p gapiradi, Amerika yirik davlatlar raqobatidan iborat davrga, demokratiyaning avtokratiyaga qarshi kurash davriga kirayotganini, Xitoyning resurslarga boy va global mavzularda hukmronlik qilishni istovchi, bunga aniq rejasi bor avtokratik mamlakat ekanini aytadi”, - deydi “Atlantika kengashi” eksperti Kristofer Skaluba.

So’rov natijalari amerikaliklarning global sahnada gumanitar yordam berish, tabiiy ofatlarda va COVID-19 ga qarshi kurashda ko’mak ko’rsatish tarafdori ekanini, harbiy yordam va qurol savdosiga ishtiyoqsizligini ko’rsatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG