Breaking News

"Boko Xaram" o'g'irlagan qizlardan yana biri qutqarildi


Amina Ali chaqalog'i bilan hafta boshida topildi.
Amina Ali chaqalog'i bilan hafta boshida topildi.

Nigeriyada "Boko Haram" jangari guruhi tomonidan o'g'irlangan qizlardan ikkinchisi ozod qilindi. Radikal to'da 200 dan ziyod o'quvchi qizni ikki yil oldin o'g'irlab qochgan edi.

Nigeriya harbiylarining aytishicha, Sera Luka hozir oilasining bag'rida. U qanday ozod qilinganiga doir ma'lumot kechroq e'lon qilinishi kutilmoqda. Hafta boshida yana bir o'quvchi qiz qutqarib olingan edi.

Amina Ali payshanba kuni Prezident Muhammadu Buxoriy bilan Abujadagi saroyda ko'rishdi.

Ali to'rt oylik chaqalog'i bilan Borno shtatidagi o'rmonzordan qidirib topilgan.

"O'tmishda bo'lib o'tgan qabihliklarni o'zgartira olmaymiz, ming afsus", - dedi prezident. "Lekin hukumat Amina Alining bundan keyingi hayoti osuda, bexatar bo'lishiga ishonch hosil qiladi", - deydi Buxoriy.

Faollar Nigeriya hukumatidan 219 nafar qizning barini qutqarishni talab qilib keladi. O'quvchilar Chibok shahridagi maktabdan 2014-yilning 14-aprelida o'g'irlangan.

Sera Luka payshanba kuni oilasining bag'riga qaytdi.
Sera Luka payshanba kuni oilasining bag'riga qaytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG