Breaking News

Kongress Obamaning takliflariga nima deydi?


Prezident Obama strategiyani tatbiq etish uchun to’liq vakolatga ega ekanini ta’kidlasa-da, qonunchilardan uni qo’llab-quvvatlashni so’ragan.

Kongress Obamaning takliflariga nima deydi?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00
Yuklab oling

Obamaning nutqiga nisbatan uning Kongressdagi demokrat safdoshlari va muxolifat orasida qarashlar turlicha.

Prezident Kongressdan ruxsat so’rashi masalasida respublikachilar avvaliga xayrixohlik bildirmayotgan edi, hozir esa rejani ovozga qo’ysin degan talablar balandroq yangramoqda.

Vakillar Palatasi spikeri respublikachi Jon Beyner Obamaning murojaatidan so’ng bayonot chiqardi. “Prezident terror xavfini yo’q qilish uchun qadamlar tashlayotganidan mamnunmiz. Ammo strategiya qanday amalga oshirilishi borasida savollar ko’p”, - deyiladi unda.

Palataning Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Ed Roys Iroq va Suriyadagi jihodchilarga qarshi xalqaro koalitsiyaga AQSh yetakchilik qilishini olqishlamoqda.

Lekin, deydi u, prezident bir qarorga kelish uchun yetti oy vaqt ketdi. “Islomiy davlat” bu davr mobaynida qator shaharlarni bosib olib, nafaqat qurol-aslaha balki katta mablag’ni qo’lga kiritdi, Iroq shimolidagi banklarni o’mardi.

Kongressmen nazarida ushbu resurslar bilan jangarilar kuchiga kuch qo’shildi va endi ularni yengish oson bo’lmaydi.

Demokrat qonunchi Eliot Engelning aytishicha, prezident o’z murojaatida “Islomiy davlat”ni nega yo’q qilish zarurligini asoslab berdi.

“Tolibon Afg’onistonda al-Qoida bilan hamkorlikda AQSh tarixidagi eng dahshatli hujumlarni rejalagani va amalga oshirgani kabi, “Islomiy davlat” ham o’z holiga qoldirilsa Iroq va Suriyani terrorizm o’chog’iga aylantirishi, o’sha yerdan AQShga qarshi hujumlar rejalashi mumkin”, - deydi kongressmen.

Respublikachi Marsha Blekburn Oq uyda xalqaro koalitsiyaga aynan qaysi davlatlar kirishi haqida to’liqroq ma’lumot berishni so’raydi.

“Prezident Somali va Yamanda ancha yillardan buyon qo’llanib kelinayotgan havo hujumlarini tilga oldi. Lekin bilamizki, bu joylarda al-Qoidaning sheriklari hamon faol. “Islomiy davlat”ga qarshi bundan-da agressiv bo’lishimiz lozim”, - deya undadi qonunchi.

Oq uyga ko’ra, AQSh rahbari hozir Iroqda olib borilayotgan harbiy amaliyotlarni kengaytirish uchun Kongressdan ruxsat so’ramaydi. Ammo Suriyadagi mo’tadil kuchlarni qurollantirish va treningdan o’tkazish malalasi Kongress tasdig’idan o’tishi shart.

Prezident quyidagi savollarga ham javob berishi kerak: AQSh ekstremistik to’dalar soyasida qolgan Suriya muxolifatini qanday ajratadi? Suriyada “Islomiy davlat”ga qarshi operatsiyalar bir vaqtning o’zida prezident Bashar al-Assadga ham qo’l kelmaydimi?

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG