Breaking News

Barak Obama Oq uydagi so'nggi kunida AQSh xalqiga maktub yo'lladi


Prezident Barak Obama, Oq uy
Prezident Barak Obama, Oq uy
Barak Obama Oq uydagi so'nggi kunida AQSh xalqiga maktub yo'lladi. "Amerikaning asl qudrati sizsiz, butun kuchimiz sizda", - dedi u yurtdoshlariga.
Muddati tugar ekan, har bir prezident ommaga shunday ochiq xat bitadi. Oq uyda erishgan yutuqlari, yo'l qo'ygan xatolari va olgan saboqlari haqida bayon qiladi.

Dunyodagi eng kuchli davlatni boshqarish naqadar muqaddas, murakkab va mas'uliyatli vazifa ekanini qayd etadi.

"Siz meni yaxshiroq prezident, yaxshiroq inson qildingiz", - deydi Obama.

Prezident xalqidan minnatdor. Demokratiya xalq irodasiga asoslanadi, deya yozdi u.

"O'tgan sakkiz yil mobaynida siz men uchun yaxshilik, matonat va umid manbai bo'ldingiz. Menga kuch berdingiz".

Yangi prezidentning reytingi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:10 0:00

Mobil-salom: Inauguratsiya maydonidamiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:40 0:00
5-noyabr, 2008: Barak Obama AQSh prezidentligiga saylangan kun
5-noyabr, 2008: Barak Obama AQSh prezidentligiga saylangan kun

Obama AQShda va jahonda iqtisodiy inqiroz avj olgan bir davrda hokimiyatga keldi. Uning davrida Amerikada ko'p qon to'kildi. Har yili bir necha joyda ommaviy otishmalar, yoppasiga qotilliklar, irqchilikka asoslangan jinoyatlar, terror xurujlari sodir etildi.

Iroq va Afg'onistondagi urushlar rasman tugadi, ammo dunyoning qaynoq nuqtalarida vaziyat yanada og'irlashdi. Millionlab qochqinlar G'arb tomon madad so'rab kela boshladi. Davlatlar, jumladan AQSh ularga yetarlicha yordam bera olmadi.

Obama xalqqa yozgan xatida mamlakatni tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, iqtisodiy taraqqiyotni davom ettirish yo'lida qo'lidan kelgan barcha harakatni qilganini aytib, yurtdoshlariga g'ayrat va sabr-toqat tiladi.

Har qanday muammoni hal eta olamiz, har qanday cho'qqini zabt eta olamiz, deya prezidentlikka kelgan Obama Oq uydagi oxirgi kunida ham xalqqa shunday mazmunda murojaat qildi:

"Progress sekin lekin bir narsani yodda tuting: Amerika bir inson mehnatining mahsuli emas. Yer yuzidagi eng qudratli davlatda eng qudratli so'z bu - biz. Biz - xalq. Biz hamma narsaga bardosh bera olamiz. Biz har qanday qiyinchilikni yenga olamiz".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG