Breaking News

Obama: Assad yolg'onchi; shartni bajarmasa, jazolanadi



"Amerika Ovozi" xabarlari, 14-sentabr, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:41 0:00
Yuklab oling

Prezident Barak Obama fikricha o’z xalqini ikki yildan beri qirib kelayotgan Suriya hukumatini muzokara stoliga olib kelish uchun unga harbiy do’q qilish lozim bo’lgani afsuslanarli hol, ammo bu ish berdi, deydi u.

Rossiya vositachiligida Bashar al-Assad o'z nazorati ostidagi kimyoviy qurollardan voz kechishga tayyor ekanini bildirmoqda. Lekin unga nisbatan ishonch past.

“Bir hafta oldin kimyoviy qurolimiz yo’q deya bong urayotgan Assad bugun ularga ega ekanini tan olib, xalqaro hamjamiyat talablarini eshitmoqda”,- deydi Obama, bugun xalqqa qilgan murojaatida.

Suriyaga barcha kimyoviy qurollari haqida to'liq hisobot taqdim etish uchun bir hafta berilgan. Inspektorlar har bir inshootga bemalol kirib, tekshira olishi shart.

Shart bajarilmasa va diplomatiya ish bermasa, harbiy chora ko’riladi, deydi prezident.

Amerikaliklarning deyarli yarmi Suriya hukumatiga nisbatan ko’rsatilayotgan bosim, xususan uni kimyoviy qurollardan ayirish uchun ketayotgan harakatlar samara beradi degan fikrda.

Mamlakat bo’ylab o’tkazilgan so’rov natijalari shunday dalolat bermoqdaki, bu xalq Bashar al-Assadga qarshi urush ochishga qarshi. Jamoatchilik diplomatik usullar qo’llash tarafdori.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG