Breaking News

Obama o’rtahol fuqaroga imtiyozni oshirib, boylardan ko'proq soliq olmoqchi


Zimbabweans wait to cast their vote in Presidential and parliamentary elections in the Southern African Nation in Harare, July, 31, 2013.
Zimbabweans wait to cast their vote in Presidential and parliamentary elections in the Southern African Nation in Harare, July, 31, 2013.
Prezident Barak Obama Kongressdan yiliga 250 ming dollardan kam pul topadigan fuqarolar uchun soliq imtiyozini bir yilga uzaytirishni so’ramoqda. Bundaylar aholining 98 foizini tashkil etadi. Respublikachilar qat’iyan qarshi.

Gap prezident Jorj Bush davrida joriy etilgan va muddati tugab borayotgan chora haqida ketmoqda. Respublikachilar talabi shuki, soliq imtiyozlari o’rta hol oilalar qatorida badavlat fuqarolarga ham berilishi kerak.

Obama noyabrda qayta saylanishdan umidvor ekan, jamiyat o’zagi sanalmish, qiynalib qolgan o’rta sinfga yordamni oshirish kerak, deydi.

Respublikachilardan prezidentlikka da’vogar, Massachussetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni qarashlari bundan farq qiladi.

Prezident fikricha Romni boylarning himoyachisi. Davlatmand aholiga 5 trillion dollar qo’shimcha imtiyoz hadya qilmoqchi u, deydi Obama. Masala oxirgi uch yildan beri Kongressda qizg’in bahs-munozaraga sabab bo’lib keladi.

“Keskin o’zgarish taklif qilayotganim yo’q”, - deydi Barak Obama.

“Yiliga 250 ming dollardan ko’p pul qilayotgan fuqarolar Bill Klinton davrida joriy etilgan tartibga ko’ra ko’proq soliq to’lay boshlasin. O’shanda iqtisodiyot kuchga to’lib, 23 million yangi ish o’rinlari yaratilgan, byudjet daromadi oshgan palla edi”, - deydi prezident.

Kongressdagi respublikachilar bilan murosa izlagan Obama 2010-yilda imtiyozlarni ikki yilga cho’zishga rozi bo’lgan edi, lekin endi kompromis izlamoqchi emas.

Agar qonunchilar yil oxirigacha biror chora ko’rmasa, barcha fuqarolar ko’proq soliq to’lay boshlaydi. Iqtisodchilar bu moliya tizimiga zarba berishi aniq, deydi.

Respublikachilar ta’biricha esa Barak Obama boylarga soliqlarni oshirib, kichik bizneslarni holdan toydiradi.

Rasmiy hisoblarga ko’ra, Amerikada ishsizlik darajasi 8,2 foiz atrofida. Iyun oyida faqat 80 ming ish o’rni yaratilgan.

Ijtimoiy so’rov natijalaridan ayonki, Obama va Romni reytinglarda deyarli teng.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG