Pokiston-Afg'oniston: Kimda qancha terrorist bor?


Afg'oniston-Pokiston chegarasida

16-fevral kuni Pokistonning Sind shtatida yuz bergan hujumda 70 kishi halok bo‘ldi. Pokiston Afg‘oniston bilan aloqalarni kesib qo‘ygan. Chegara yo‘llari - To‘rxam va Spin Bo‘ldak yopib qo‘yilgan. Pokiston hukumati o‘nlab terroristlar ro‘yxatini afg‘on hukumatiga uzatib, undan bu jangarilarni Pokistonga topshirishni talab qilmoqda.

Pokiston harbiylari bu mamlakat bilan chegaradosh Qandahor va Kunar viloyatlariga raketa hujumlari qilmoqda.

Kobul Islomobod siyosatidan norozi va tegishli javob berish payida.
Pokistonga ko’ra, Afg‘onistonda kamida 76 terrorist yashiringan. Afg‘oniston ham Pokistonda yashiringan 85 terrorist va terrorist tarbiyalash bilan mashg‘ul 32 markaz ro‘yxatini bergan.

Qandahor va Kunar viloyatlariga qarata 400 ta raketa otilgan. Hujumlar natijasida yuzlab odam uy-joylarini tark etgan.

Afg‘on hukumati sobiq ichki ishlar vaziri Umar Dovudzoy Pokistonga qarata “agar Nopok oyog‘ingni biz tomonga qo‘yadigan bo‘lsang, afg‘onlar oyog‘ingni kesib nari yoqqa tashlaydi”,- deydi.

Dovudzoy fikricha, Afg’oniston o’z manfaatlarini himoya qila oladi va kerak bo’lsa, xalqaro hamjamiyatdan yordam so’raydi.

Afg‘on va Pokiston rasmiylari bu orada muzokara boshlanganini aytmoqda. Lekin ularga omma orasida ishonch past.

“Pokistonning bunday ishlarini oldini olish uchun Afg‘oniston hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotiga shikoyat qilishi kerak. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib, unga jiddiy yondashishi zarur”, - deydi jamoatchi faol Sharif Razzoqyor.

Pokiston deganda odamlar ko‘z oldiga terroristlarni bag’riga olgan bir davlat keladi, deydi Xol Muhammad ismli o‘zbek.

“Pokistonga yoshlarni olib borib miyasini yuvishadi. Jannatga ketasan deb xudkush hujum uchun tarbiyalaydi. Buning hammasini Pokiston qiladi”,- deydi u.

XS
SM
MD
LG