Breaking News

Toshqinlar bilan yuzlashayotgan Pokiston dunyo ahlidan ko'proq yordam kutmoqda


BMT hisobicha, Pokistonda tinimsiz toshqinlar oqibatida 4 million kishi boshpanasiz qolgan.

Bugun Nyu-Yorkda, tashkilot Bosh Assambleyasi yig’ilib, tabiiy ofatlardan qaqshagan Pokistonga yordamni oshirish haqida gaplashmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton (video) o'z xalqi va dunyo ahlini Pokistonga ko’proq ko’mak ko’rsatishga undamoqda.

Amerikaning o’zi hozircha 90 million dollarga teng insonparvarlik yordami yetkazib, uning 30 ga yaqin harbiy samolyot va vertolyotlari qutqaruv ishlarida qo’l kelmoqda.

BMT Bosh Assambleyasida bugun Bosh kotib Pan Gi Mun va Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ham so’zlaydi. Pan Gi Mun hafta boshida Pokistonda bo’lib, vaziyat bilan tanishganida, “bu qadar dahshatli tabiiy ofatni umrimda ko’rmaganman” degan edi.

Obama ma’muriyati nafaqat hukumatlarni, balki butun dunyo ahlini jabrdiydalarga imkon qadar yordam berishga chaqirmoqda. Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Krouli deydiki, Pokistonga chet eldan yetarlicha ko’mak kelmayotiga sababchi omillardan biri - omma bu toshqinlar ko’lami qanchalik keng ekanini tushunmayapti.

“Ofat hamon davom etmoqda. Pokistonda yog’ingarchilik tingani yo’q. Sel kelib, har kuni bir necha tumanlar suv ostida qolmoqda. Bu juda katta fojia”,- deydi rasmiy.

Toshqinlardan oldin Qo’shma Shtatlar kelasi besh yilda Pokistonga no-harbiy maqsadlarda 7,5 millard dollar ajratishga qaror qilgan.

Bu siyosat ortida turgan arboblardan biri, demokrat senator Jon Kerri kecha Pokistonga borib, rahbarlar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG