Breaking News

Isroilda to'rt kishi pichoqlab ketilgan

Hududda zo'raygan tanglik-to'qnashuvlar kuz boshidan beri 69 nafar falastinlik va 11 nafar isroillikni hayotdan olib ketdi. Isroilliklar asosan pichoqlab ketilgan, falastinliklar esa politsiya tomonidan otib o'ldirilgan.

Isroilning Netanya shahrida dushanba kuni to'rt isroillik pichoqlab ketilgan. Politsiya hujumchilardan biri, 22 yoshli falastinlikni o'sha yerning o'zida otib o'ldirgan.

U pichoqlagan 70 yashar fuqaroning ahvoli og'ir, deydi shifokorlar. Voqeadan bir necha soat oldin Tel-Avivda yana bir falastinlik bir necha yahudiyga pichoq o'qtalib, jumladan, 80 yoshli ayolni jarohatlagan.

Hududda zo'raygan tanglik-to'qnashuvlar kuz boshidan beri 69 nafar falastinlik va 11 nafar isroillikni hayotdan olib ketdi. Isroilliklar asosan pichoqlab ketilgan, falastinliklar esa politsiya tomonidan otib o'ldirilgan.

Falastin tomoni zo'ravonliklarni aholi orasidagi umidsizlik, imkonsizlik bilan izohlaydi. Istiqlol orzusi, Iordan daryosining g'arbiy sohili va sharqiy Quddusda o'z davlatini barpo etish umidi ushalmayapti, hududda yahudiy posyolkalarini qurish ishlari hamon davom etmoqda.

Falastinliklar, bundan tashqari, Isroil hukumati Quddusdagi ham yahudiy, ham musulmonlar uchun muqaddas qadamjoga musulmonlar kiritmay qo'yiladi, degan xabarlardan norozi. Isroil bu xabarlarni asossiz uydirma deya rad etadi.

Isroil pasportini olayotgan falastinliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

AQSh va Yaqin Sharq - Isroil-Falastin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG