Breaking News

Panetta: AQSh, Yevropa diqqati Osiyoda bo’lishi lozim


Leon Panetta, Filipp Xammond, Britaniya Mudofaa rasmiysi shanba Londonda jurnalistlar savollariga javob berdi.
Leon Panetta, Filipp Xammond, Britaniya Mudofaa rasmiysi shanba Londonda jurnalistlar savollariga javob berdi.
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan harbiy rishtalarni mustahkamlashda Yevropani hamkorlikka undamoqda. Pentagon rahbari Londondagi oliygohda shu haqda so’zladi.

“Osiyoga chuqurroq kirib borayotganimiz Yevropada xavotir uyg’otayotgani, Amerika azaliy ittifoqchilardan yuz o’girayotgani haqida tashvishlar paydo qilganidan xabarimiz bor", - deydi Panetta.

U vahima qilmaslikka chaqirdi.

"Qo’shma Shtatlar va Yevropa birga ishlashi, mudofaa idoralari muntazam maslahat qilishi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikka e’tiborni qaratish lozim. AQSh Osiyoga o’girilganidan Yevropa tashvish qilmasin, aksincha, bizga ko’maklashsin”, - deydi Panetta.

“Osiyo-Tinch okeani regionida kuchga to’layotgan davlatlar harbiy sarfiyatni oshirgani, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi beqarorlik biz uchun ham iqtisodiy, ham xavfsizlik jihatidan strategik hududlarda kelgusida tub o’zgarishlarga turtki berishi mumkin, - deydi vazir.

"Texnologiya taraqqiy etib, raketa, ommaviy qirg’in qurollari rivojlangani sari harbiy mojarolar ko’lami va mohiyati ham o’zgarib bormoqda. Potensial dushmanlar, jumladan, davlatlar va jangarilar hujum qilish salohiyatiga tobora sayqal berib borayapti. Ular raqibga zarar yetkazish, qurolli kuchlarimizni izdan chiqarishning yangidan-yangi yo’llarini izlab topayapti”, - deydi Panetta.

“Amerika va Yevropa byudjet masalasida qiynalib qolgani sir emas. Zaxiralar kam bir sharoitda ittifoqimizni mustahkamlash kerak. Hozir aytib o’tgan tahdidlarni biror davlat yolg’iz hal qila olmaydi. Haqiqat shu. Hammaning xavfsizligini faqat bir davlatga yuklab qo’yish ham to’g’ri emas", - deydi u.

"Mudofaa vaziri sifatida kuchli ittifoq va hamkorlikni asosiy maqsad etib belgilashimiz sababi ham ana shunda. NATOni fundamental ravishda burib, XXI asr muammolarini yechishga moslash va, shu bilan birga, moliyaviy majburiyatlarni bajarish qo’limizdan keladi deb o’ylayman”, - deydi Pentagon rahbari.

Prezident Barak Obama ikkinchi muddatga kirishgan bir pallada iqtisodiyotni mustahkamlashga, ayni paytda, Osiyoga e’tiborni oshirishga harakat qilmoqda.

Obama qayta saylanishi bilanoq Osiyoga safar qildi. Birma, Tailand, Kambodjaga bordi, ASEAN va Sharqiy Osiyo sammitlarida qatnashdi.

Xitoy Vashington harbiy, diplomatik va tijoriy diqqatini regionga qaratayotganidan xavotirda, lekin Oq uyga ko’ra, yangi yondashuv hech kim uchun xavf kasb etmaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG