Breaking News

Pens koronavirus sharoitida harbiy akademiya bitiruv tadbirida bo'ldi


AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens

AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens Kolorado shtatida bo’lib, Harbiy-havo kuchlari akademiyasining salkam ming bitiruvchisi oldida nutq so’zladi. Qizig’i shundaki, kadetlar koronavirusdan saqlanishga qaratilgan choralarga rioya qilgan holda – ijtimoiy masofani saqlab o’tirgan.

Pens koronavirus sharoitida harbiy akademiya bitiruv tadbirida bo'ldi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

“Bir-birimizdan salkam ikki yarim metr masofada o’tirdik”, - deydi akademiyaning pensilvaniyalik bitiruvchisi Laura Na.

Shu paytgacha karantinga rioya qilib kelgan vitse-prezident so’nggi 42 kunda ilk bor Vashingtondan tashqariga chiqdi. Oq uy shu kunlarda mamlakatni ochish haqida ko’p gapirmoqda.

“Bugungi bitiruv tadbiri odatdagidan farq qiladi. Ammo bunday manzara menga manzur”, - dedi Pens.

“Vitse-prezident kelishini bilmagandik. Juda xursand bo’ldik. Bitiruvchilarga masofadan turib, onlayn murojaat etishadi deb o’ylagandik”, - deydi Laura Na.

Bitiruvchilarning 86 nafari yangi tashkil etilgan AQSh Fazo kuchlarida xizmat qiladi. Ular kumush rangli belbog’ osib chiqdi, Harbiy-havo kuchlari bitiruvchilarida esa tilla rangli belbog’lar.

Koronavirus pandemiyasi sabab bitiruvchilarning tadbirda qatnashmoqchi bo’lgan oila a’zolari va do’stlari uyda qoldi, diplomlarni topshirish uchun kadetlar sahnaga chaqirilmadi.

“Oliy qo’mondon va minnatdor xalq nomidan xizmatingiz uchun rahmat demoqchiman. Uching, jang qiling, g’alaba qozoning”, - dedi Pens.

Leytenant Na kuzda hamshiralar maktabiga o’qishga kirib, harbiy hamshira bo’lmoqchi.

“Pandemiya tibbiy sohaga kirish ishtiyoqimni yanada kuchaytirdi”, - dedi u.

Tadbir so’nggida kadetlar bir-birini tabriklash uchun quchoq ochmadi, shunchaki o’tirgan joyidan hayqirdi, xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG