Breaking News

Rim Papasi ikkinchi bor Qozog'istonga tashrif buyurdi


Rim papasi Fransisk bugun Qozog’istonga tashrif buyurdi. Katolik cherkovining 85 yashar rahbari Nur-Sultonda boshlanayotgan Jahon va an’anaviy dinlarning yetakchilari qurultoyida qatnashadi.

Xalqaro hayot - 13-sentabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:48 0:00

Uni bugun Nur-Sultondagi prezident saroyida Qozog’iston rahbari Qosim-Jo’mart To’qayev qarshiladi.

Fransisk qurultoy doirasida Rus pravoslav cherkovining rahbari Kiril bilan uchrashishga umid qilgan edi, biroq o’tgan oy ma’lum bo’lishicha, patriarx noma’lum sabablarga ko’ra Qozog’istonga safarini bekor qilgan.

1054-yilda nasroniy cherkovida bo’linish hosil bo’lib, asrlar davomida katolik va pravoslav cherkovlari o’rtasida ziddiyat va taranglik saqlanib keldi. 2016-yilda papa va rus patriarxi ilk bor yuzma-yuz ko’rishdi.

Kiril Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy amaliyotini qo’llab-quvvatlagani uchun G’arbning qora ro’yxatiga tushgan. Fransisk urushni qoralagan, biroq Rossiyani urushni boshlashga G’arb siyosati majburlaganini aytgan. U NATOning sharq tomon kengayishini mojaroga sabab deb biladi.

Bu qurultoyning 7-si bo’lib, unda 50 dan ortiq mamlakatdan 100 dan ziyod delegatsiyaning qatnashishi kutilmoqda.

"Turli dinlar o’rtasidagi aloqalar dunyo tinchligiga hissa qo’shadi degan umiddamiz”, - deydi Qozog’istonga borgan italiyaliklardan biri.

Bu Rim papasining Qozog’istonga birinchi tashrifi emas. Fransiskdan oldin respublikada 2001-yil sentabrida marhum Ioan Pavel Ikkinchi bo’lgan edi.

Fransisk Ukrainaga ham borishga umid qilgan, biroq sog’lig’i bunga imkon bermayapti. Shu kunlarda u aravachada yurishga majbur.

19 million aholi yashovchi Qozog’istonda katoliklar soni 125 ming atrofida. Fransiskning ularga murojaat etishi rejalangan.

Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga borishdan oldin Xitoy Prezidenti Si Zinpin ham Nur-Sultonda to’xtab o’tadi. Yaqin kunlarda eski nomiga qaytishi kutilayotgan shahardagi diniy qurultoyda qatnashmaydi. Si Fransisk bilan uchrashadimi, yo’q, ma’lum emas. Papaning o’zi samolyotdagi muxbirlar savoliga bilmayman deb javob berarkan, Xitoyga borishga hamisha tayyor ekanini aytdi.

Vatikan va Xitoy o’rtasida diplomatik aloqalar yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG