Breaking News

Yevropa Ittifoqi, AQSh va Britaniya "Aeroflot"ga sanksiya qo'yishi mumkin


Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Belarus-Polsha chegarasida to’planib turgan migrantlarni Belarusga ommaviy tashigani haqidagi da’volarni inkor etarkan, uni sanksiya bilan jazolash arafasida bo’lgan Yevropa Ittifoqini sudga berishini ma'lum qildi.

Xalqaro hayot - 11-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:42 0:00

Aviakompaniya Iroq va Suriyaga muntazam va charter parvozlari yo’qligini bildirdi.

Yevropa Ittifoqining kelasi oy e’lon qilinishi kutilayotgan jazo choralariga AQSh va Britaniya ham qo’shiladi.

Kreml matbuot kotibi Belarus-Polsha chegarasidagi migrantlar inqiroziga Rossiyanning aloqasi yo’qligini yana bir bor ta’kidladi.

"Umid qilamizki, bu shunchaki yolg’on xabardir. “Aeroflot” migrantlarni tashimagani haqida bayonot berdi. Biroq shunday bo’lgan taqdirda ham bu hech bir xalqaro normalarga zid emas", – dedi Dmitriy Peskov.

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi sanksiyalarga javoban o’z mamlakati hududi orqali Yevropaga gaz va yuk tranzitini to’xtatib qo’yishga do’q-po’pisa qildi.

Bryussel nazarida, Minsk Kreml bilan til biriktirib, Yevropa Ittifoqi sanksiyalari uchun o’ch olish maqsadida migrantlarni ataylab Polsha chegarasi tomon yo’naltirgan.

Minglab qochqinlarni chegaradan o’tkazmaslik uchun Polsha 12 ming harbiyni hududga safarbar etgan. Belarus qo’shni mamlakatni chegarada qo’shinlari sonini oshirayotganlikda ayblarkan, mustaqil ravishda va ittifoqchisi Rossiya bilan hamkorlikda tegishli chora ko’rishini bildirdi.

"Qo’shnilarimiz kabi qurollarimizni ko’z-ko’z qilishga hojat yo’q. Mavjud tizim mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishga imkon beradi”, deyiladi Belarus Mudofaa vazirligi bayonotida.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bugun Bundestagda vaziyatga baho berarkan, Belarusni gibrid hujumda aybladi. Germaniya rahbarlari bugun Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashgan.

Litva, Latviya va Estoniya migrantlar inqirozi ataylab uyushitirilganini da’vo qilarkan, gibrid hujumning Yevropa xavfsizligiga tahdid ekanini bildirib, Minsk harakatlarini qoraladi.

Afg’oniston, Yaqin Sharq va Afrikadan kelgan migrantlar Polsha orqali Yevropa Ittifoqiga kirishga urinmoqda. Ob-havo sovuqlashgani sari kamida 7 migrantning o’lgani ma’lum.

Lukashenko qochqinlar orasida homilador ayollar va bolalar borligini aytarkan, Yevropa Ittifoqini migrantlarni chegaradan o’tkazmay gumanitar qadriyatlarni oyoqosti qilayotganlikda aybladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG