Breaking News

Matbuot erkinligi kuni: Virusdan himoya evaziga cheklovlar


Matbuot erkinligi kuni: Hukumatlar axborot oqimini cheklayapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

3-may Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida faollar hukumatlarning jurnalistlar ishiga to’sqinlik qilayotgani haqida ogohlantirmoqda. Koronavirus davrida oshkoralik har qachongidan muhim ekan, bunday holat hatto demokratik davlatlarda ham kuzatilyapti.

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotiga ko’ra, matbuot erkinligi bo’yicha eng quyi o’rinlardan birini qatorasiga to’rtinchi yil Shimoliy Koreya egallab kelmoqda. Mamlakat koronavirusdan xoli ekanini aytadi. Olimlar bunga ishonmaydi.

Tashkilot vakili Rebekka Vinsent deydiki, ko’plab davlatlar pandemiya bahonasida axborot oqimini cheklamoqda.

“Matbuot erkinligi borasida shundoq ham oqsayotgan jamiyatlarda vaziyat yanada yomonlashganini kuzatyapmiz. O’z mamlakatidagi voqealar to’g’risida haqqoniy axborot berishga harakat qilayotgan jurnalistlar nishonga olinyapti, ta’qib qilinyapti. Ba’zida matbuot erkinligi nimani anglatishi haqida nazariy jihatdan gapiramiz. Ammo hozirgi sharoitda cheklovlar halokatli oqibatlarga olib kelishini tushunyapmiz”, - deydi Vinsent.

Vengiyada virusga qarshi kurash choralariga to’sqinlik qilish aybi bilan besh yilga qamalish mumkin. Jurnalistlar o’z vazifasini bajargani uchun jazolanishdan qo’rqadi.

Boshqa demokratik jamiyatlar, jumladan Qo’shma Shtatlar va Britaniyada, faollar pandemiya paytida oshkoralik yo’qolayotganini aytadi. BMT bosh kotibi bu haqda o’z xavotirini bildirdi.

“Hukumatlar har qachongidan shaffof va mas’uliyatli bo’lishi kerak. Matbuot erkinligi o’ta muhim talab”, - deydi Antoniu Guterrish.

Ayrim davlatlarda ijobiy o’zgarishlar bor.

“Maldiv orollari, Malayziya va Sudan islohotlarni amalga oshirib, erkinlik indeksida bir necha pog’ona ko’tarildi. Bular hukumat o’zgargan mamlakatlar”, - deydi Rebekka Vinsent.

Xavfsizlik - eng dolzarb masala. “Chegara bilmas muxbirlar”ga ko’ra, 2019-yilda 49 jurnalist o’ldirilgan.

“O’tgan yili urush zonalarida halok bo’lgan muxbirlar kamroq bo’lsa-da, tinch joylarda hayotdan ko’z yumgan soha vakillari eng ko’p bo’ldi. Jurnalistlarni qasddan nishonga olishyapti”, - deydi tashkilot vakili.

Matbuot erkinligi bo’yicha reytingda birinchi beshlikni Yevropa davlatlari egalladi. Ammo Shimoliy Irlandiya, Slovakiya va Maltada jurlanistlar o’ldirilishi shov-shuvga ham sabab bo’ldi. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotiga ko’ra, oxirgi 10 yilda jahon bo’ylab 941 jurnalist halok bo’lgan.

O’zbekiston reytingda 2019-yil bilan qiyoslaganda to’rt pog’onaga ko’tarilib, 156-o’rinni egalladi. Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari quyidagi o'rinlarda:

82. Qirg’iziston

157. Qozog’iston

161. Tojikiston

179. Turkmaniston

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG