Breaking News

"Yoqut operatsiyasi" - Markaziy Osiyoni yadroviy ashyolardan tozalagan loyiha


Vashingtonda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida kechgan tadbirdan, 17-noyabr, 2014

1994-yilning noyabr oyida AQSh va Qozog’iston birgalikda maxfiy bir loyihani amalga oshirgan. “Yoqut operatsiyasi” deb atalmish ishda qariyb 600 kilogram o’ta boyitilgan uran Ust-Kamenogorsk shahridan Amerikaga ko’chiriladi.

Yoqut operatsiyasi - AQSh-Qozog'iston - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:32 0:00

Operatsiya 1991-yilda asos solingan Nann-Lugar dasturining bir qismi edi. Respublikachi senator Richard Lugar va demokrat senator Sem Nann boshlagan tashabbus AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalanib, shu kungacha Qozog’iston, Ukraina va Belarusda minglab yadroviy qurollar va materiallar yo'q qilindi. Chiqindilar Rossiyadagi maxsus inshootlarga olib boriladi.

Nann-Lugar dasturi asosida 1991-yildan beri 7600 jangovar kallak va 900 qit’alararo ballistik raketa yo’q qilingan.

“Yoqut operatsiyasi” va boshqa amaliyotlarni olib borgan hamda uni o’rgangan jurnalist va tadqiqotchilar xulosasi shuki, Nann-Lugar loyihasi Amerikaning Yevropani Ikkinchi jahon urushidan so'ng tiklagan Marshall rejasidan keyingi eng muvaffaqiyatli ko'mak programmasidir.

Dunyo yadroviy xavfsizligini ta’minlash insoniyat oldidagi eng zarur vazifalardan biri ekanini hisobga olsak, deydi ular, ko’p sohalarda kelisha olmaydigan davlatlarning bunday nozik ishlarni hamjihatlikda bajara olgani ulkan yutuq.

Qozog'iston 1991-yilda mustaqillikka erishganida atom aslahalari bo'yicha to'rtinchi o'rinda edi. Respublika ulardan butkul voz kechgan.

Qozog'istonning AQShdagi elchisi Kayrat Umarov
Qozog'istonning AQShdagi elchisi Kayrat Umarov

Mamlakatning Vashingtondagi elchisi Kayrat Umarov deydiki, uning davlati nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon atom qurollaridan xoli bo’lishini istaydi va bu yo’lda faol harakat qilishda davom etadi.

Hozirda iste’foga chiqqan senator Lugar fikricha, agar Qozog’iston va uning qatorida Ukraina va Belarus o’z hududidagi atom material va inshootlaridan qutulishni xohlamaganida, bugun vaziyat tamoman boshqacha bo’lishi mumkin edi.

Yangi mustaqil davlatlar o’z kelajagini yadroviy qurollarda ko’rmadi. Ularni rad etdi va bu borada xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qildi. Bu respublikalardagi bugungi ahvol bizga qanchalik yoqadi yoki yoqmaydi, deydi arbob, rahbarlarning bundan 24 yil oldin qilgan strategik qarorlarini olqishlamay bo’lmaydi.

Chapdan jurnalist Deyvid Xoffman, Oq uy rasmiysi Lora Xolgeyt, Davlat departamentidan Endryu Veber va Milliy xavfsizlik arxividan Tom Blanton Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida o'tgan davra suhbatida, 17-noyabr, 2014
Chapdan jurnalist Deyvid Xoffman, Oq uy rasmiysi Lora Xolgeyt, Davlat departamentidan Endryu Veber va Milliy xavfsizlik arxividan Tom Blanton Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida o'tgan davra suhbatida, 17-noyabr, 2014

​Sovet Ittifoqidan qolgan yadroviy qurollar va ashyolar taqdiri haqida kitob yozgan amerikalik jurnalist Deyvid Xoffman qayd etishicha, SSSR o’rnida 15 yangi davlat paydo bo’lar ekan, ularda yotgan atom arsenali Vashingtonni u qadar tashvishga solmagan. Asosiy e’tibor Amerikaning 75 yillik dushmani barbod bo’layotganida edi. Kommunizmning ajali yetdi va undan qutulayapmiz, deya yengil nafas olayotgan siyosatdonlar qurollar va yangi tuzumlar oldidagi muammolar bilan shug’ullana boshlaguncha ancha payt o’tgan, deydi jurnalist.

Senator Richard Lugar
Senator Richard Lugar

Senator Lugar va Nann jonbozlik ko’rsatib, masalani ko’tarmaganida, nima bo’lar edi? Vaqtni boy berish xavf darajasini oshirgan bo’lar edi, albatta, deydi ekspert.

Hozirda Oq uyda Milliy xavfsizlik kengashida ommaviy qirg’in qurollari va terrorizmga qarshi kurash idorasi rahbari Lora Xolgeyt o’sha paytda yosh mutaxassis edi va loyihada ishlagan. Dastur davlatlar orasida ishonchni oshirgan, deydi u, ayniqsa Amerika va Qozog’iston orasida. Bugun respublika yadroviy xavfsizlikni ta’minlashda yetakchi rol o’ynaydi.

Senator Sem Nunn
Senator Sem Nunn

Iste’fodagi senator Sem Nann bugun Vashingtonda hukmron siyosiy tarqoqlik va o’zboshimchalik kayfiyatidan norozi. 1990-yillarda Amerika poytaxtida siyosatchilar til topisha olar edi, shu bois davlat xalqaro maydonda ham jiddiy ishlarni bitira olgan, deydi u.

AQSh Mudofaa vazirligi va Davlat departametida ishlab, bugungi kunda Ebola kasalligiga qarshi sa’y-harakatlarga boshchilik qilayotgan Endryu Veber ta’kidlashicha, o’tgan yili Suriyani kimyoviy qurollardan tozalashda hamda hozir epidemiyaga qarshi amaliyotlarda Nann-Lugar dasturidagi tajriba qo’l kelmoqda. Eng asosiysi, xalqaro kelishuvga erishish va uni texnik jihatdan amalga oshira olish, deydi Veber.

Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul diplomatlardan biri Richard Xoagland
Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas'ul diplomatlardan biri Richard Xoagland

Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas’ul diplomatlardan biri, mintaqada elchilik qilgan Richard Xoagland deydiki, Qozog’iston bilan aloqalar metindek mustahkam. “Qozog’iston, shubhasiz, mintaqaviy lider. Nimaiki masala bo’lmasin, AQSh u bilan maslahatlashmay ish tutmaydi. Yadroviy xavfsizlikni ta’minlash hamkorligimizning muhim bir qismi”,- deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG