Breaking News

Pandemiya davrida uy-joy savdosida texnologiya qo’l kelyapti


Pandemiya davrida uy-joy savdosi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00

Pandemiyaga qaramasdan, yuqori texnologiyalar sharofati bilan ko’chmas mulk bozorida ish to’xtab qolgani yo’q. San-Fransisko atrofidagi rieltorlar yangi texnologiyalarga tayanmoqda.

“Mijozlar bilan qanday uchrashish, uy sotish – hammasi o’zgardi”, - deydi rieltor Ana Forest.

Odatda “ochiq eshiklar” kunida xaridorlar kelib uyni o’z ko’zi bilan ko’radi. Ammo COVID-19 sabab San-Fransisko hududida bunga ruxsat yo’q. Shuning uchun texnologiya yordamida virtual ekskursiyalar tashkil etilmoqda.

“Zoom, FaceTime, Instagram va boshqa ilovalarni ham qo’llayapmiz”, - deydi Forest.

“BluSky” singari kompaniyalar esa Gollivud filmlaridagi kabi effektlar bilan videoroliklar tayyorlaydi. So’ngra dasturiy algoritmlar va sun’iy intellekt yordamida sotuvga qo’yilgan uy vebsaytiga mijozlarni jalb qiladi.

“Aerial Canvas” kompaniyasi 3D formatda suratga oluvchi 360 darajali kameralarni qo’llaydi. Har bir xonaga kirib ko’rish mumkin. Virtual ravishda.

“Koronavirus tufayli bu usul ko’p qo’llanyapti. 3D skanerlashni biz qilib beramiz, so’ngra rieltorlar virtual “ochiq eshiklar” kunini o’tkazadi”, - deydi kompaniya rahbari Kolbi Jonson.

Rieltorlarning aytishicha, mijozlar ba’zida uyni shunday ekskursiya bilan, unga qadam bosmasdan xarid qilmoqda.

“Biz joriy etgan texnologiya tufayli, xususan, chet ellik xaridorlar uy qidirayotganda puxtaroq qarorlar qiladi”, - deydi Jonson.

Texnologiya shu tariqa iqtisodiy faoliyat davom etishiga hissa qo’shmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG