Breaking News

AQShda texnologiya kompaniyalari muhojirlarga madadkor


Fort Makkoy harbiy bazasida dars, Viskonsin shtati

AQSh kompaniyalari afg’on qochqinlarga Amerikadagi yangi hayotga moslashishga yordam bermoqda, xususan texnologiya va treninglar orqali.

Rupal Tanavalaning ismi Indiana shtatidagi mahalliy telekanallarda yangramoqda. IT sohasida tadbirkor ish soatlarini qisqartirib, bu shtatda joylashtirilgan afg’on muhojirlariga bir necha oydan beri yordam bermoqda, xususan texnologiya borasida.

Afg’on qochqinlarga noutbuk, planshetlar xayriya qilindi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

“Asli Hindistondanman, u yerda menda texnologiyadan foydalanish imkoni bo’lmagan. Yangi hayot boshlash, ingliz tilini o’rganish mashaqqatlarini bilaman. Masalan, ish va uy topish, rezyume tayyorlash, yordam olish uchun odamga noutbuk kerak”, - deydi u.

“Amazon” kompaniyasi, Osiyolik amerikaliklar alyansi hamda Axborot boshqaruvi jamiyatining xayriyalari evaziga qochqinlarga noutbuklar tarqatilmoqda. Indianapolis shahridagi “IEA” infratuzilma kompaniyasi qochqinlar lagerida kompyuter laboratoriyasini tashkil qildi.

Noutbuklar lagerga yetib kelganida Sona Rahmoniy bolalarga ingliz tilidan dars berayotgan edi.

“Afg’onistonda aksariyat bolalarda noutbuk va aypedlar yo’q. Ularni qanday ishlatishni ham bilishmaydi. Shuning uchun bu texnikani birinchi marta ko’rishganda juda xursand bo’lishdi”, - deydi Rahmoniy.

Rupal 10 yoshli Salmaning qanchalik quvonganini eslaydi.

“Bu uning birinchi marta sinfxonada o’tirishi, noutbukdan foydalanishi edi, ko’ziga yosh keldi”.

Loyiha qochqinlar yashayotgan boshqa harbiy bazalarda ham tatbiq etildi.

“Qochqinlarga mezbonlik qilayotgan aksar harbiy bazalar taklifga darhol javob berishdi. Quyidagi nohukumat tashkilotlar orqali xayriya-ehsonlarni qabul qilib olishga, tarqatishga tayyormiz, deyishdi”, - deydi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi xodimi Aron Batt.

Shu tariqa, Rupal Tanavalaning tashabbusi doirasida ishlatilgan 500 noutbuk va planshetlar 8 harbiy bazaga tarqatildi. Dastur ayni paytda tugash arafasida.

AQShga olib kelingan 55 mingdan ziyod afg’on oilalar, deydi faol, ushbu texnologiyalar yordami bilan ish topadi, yangi hayot boshlaydi. Uar ham Afg’onistonda amerikalik askarlarga yordam bergan, deydi Tanavala.

“Afg’onlar qo’shinlarimizga tarjimonlik qilgan, harbiy missiyalarni qo’llab-quvvatlagan”, - deydi tabdbirkor.

Ayni paytda Rupal Tanavalaning o’g’li Vest-Poynt harbiy akademiyasida tahsil olmoqda. Yangi vatanni himoya qiladigan, unga g’amxo’rlik qiluvchi kelajak avlodni tarbiyalayotgan muhojirlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG