Breaking News

Rokchi qizlar haqida rossiyaliklar fikri tarqoq


Smoke from an erupting undersea volcano forms a new island off the coast of Nishinoshima, a small uninhabited island, in the southern Ogasawara chain of islands, Japan, in this picture provided by Kyodo.
Smoke from an erupting undersea volcano forms a new island off the coast of Nishinoshima, a small uninhabited island, in the southern Ogasawara chain of islands, Japan, in this picture provided by Kyodo.
Rossiyada pank-rokchi qizlarning ikki yilga qamalgani G’arbda keskin qoralanmoqda. Moskvadagi cherkovda Vladimir Putinga qarshi ashula aytib, o’yinga tushgan qizlar haqida Rossiya ahli nima deydi?

Konservativ millatchilar nazarida sud Pussy Riot ansambli a’zolarini ikki yilga qamagani to’g’ri qaror. Moskva sudi yonida kiyim-boshi chor Rossiyasi davriga xos bir guruh odamlarni ko’rasiz. Ular Miloserdiye nomli xayriya jamg’armasining a’zolari.

“Xristianlik doim ham odam bilgani, xohlaganini qilishi mumkin degani emas”, - deydi ulardan biri. “Biz bu ayollarga yegulik keltirib turamiz, lekin ular panjara ortida qolishi kerak”, - deydi ismini aytishdan bosh tortgan bu odam.

Liya Smirnova rus pravoslav yoshlari tashkilotini boshqaradi.

U cherkovda bunday bema’nilik, siyosiy namoyishlar boshqa takrorlanmaydi, degan umidda.

Lekin liberal qarashga ega rossiyaliklar bu fikrga qo’shilmaydi. Yana ismli ayol o’tgan juma sud binosiga rangli niqobda keldi. Rokchi qizlar cherkovda ana shundayidan taqib olib, ashula aytgan edi.

Yana ijodiy erkinlikni olqishlab, Rossiya sud tizimini “qo’rqinchli” deya tanqid qiladi.

Kecha politsiya Moskva markazida ansamblni yoqlab chiqqan odamlarni tarqatib yuborgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot xodimlari olti oy oldin cherkovdagi to’polonda qatnashgan yana ikki ayolni qidirishga tushgan.

Rossiyalik milliarder Aleksandr Lebedning ishonchi komilki, Pussy Riot va muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy ustidan sud ishlari Kremlning tashabbusidir.

“Navalniy va bu qizlarning ishini kuzatib turib, bari siyosiy fitna ekanini tushundim”, - deydi Lebed.

Muammoning yechimi – demokratiya, deb hisoblaydi u.

“Kashfiyot qilib o’tirish kerak emas. Parlament, saylovlar, erkin matbuot, mustaqil sudlar, oppozitsiya va qonun ustuvorligi. Mana shular qadrlansa, bo’ldi”, - deydi Lebed.

Lekin milliarder Rossiyada qolmoqchi emas. U mulkini sotib, yaqinda Londonga ko’chib ketishini ma’lum qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG