Rossiya amerikalik jurnalistlarni xorijiy agent deb tamg'alashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Rossiya rasmiylarining ogohlantirishicha, kelasi hafta parlament Rossiyada ishlayotgan AQSh jurnalistlaridan xorijiy agent sifatida ro'yxatdan o'tishni talab qiluvchi qonun qabul qilishi mumkin.

Kremlga ko'ra, bu Rossiyaning "RT" televizion kanalini Amerikada xorijiy agent deb belgilash talabiga javob bo'ladi.

Kanal AQShning "Xorijiy agentlarni ro'yxatga olish" haqidagi yangi qonunga bo'ysunishini ma'lum qildi. Biroq Rossiya hukumati vakiliga ko'ra, "RT" AQShning bu qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, deputatlar Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o'zgartirish kiritib, ommaviy axborot vositalarini ham shu toifaga qo'shmoqchi.

Davlat departamenti rasmiysiga ko'ra, "RT" kanalining yangi qonunga ko'ra xorijiy agent sifatida ro'yxatdan qayta o'tishi uning faoliyatiga ta'sir qilmaydi.

AQSh xavfsizlik idoralari "RT" kanalini Rossiya hukumatining tashviqot apparati deb hisoblaydi, biroq kanal Amerikadagi voqealarni xolis yoritayotganini ta'kidlaydi.

AQSh Adliya vazirligi ilgari "Russia Today" (Rossiya Bugun) deb nomlangan "RT" kanaliga yangi maqom ostida ro'yxatdan o'tish uchun 13-noyabrgacha muhlat bergan. Talabga bo'ysunmagan taqdirda kanalning Amerikadagi bo'limi yopilishi mumkin.

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining bayonot berishicha, AQSh Adliya vazirligining bunday qarori ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarga salbiy ta'sir qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG