Breaking News

Rossiya Iroqda avvalgi mavqeini tiklash harakatida


Prezident Vladimir Putin o’tgan hafta Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy boshchiligidagi delegatsiyani Moskvada dabdaba bilan kutib oldi. Oxirgi 10 yil ichida birinchi marotaba Rossiyada Iroq rahbari poyiga qizil gilamlar to’shaldi.

Rossiya Iroqda mavqeini tiklash harakatida/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:52 0:00
Yuklab oling

Putin mehmonlar oldida Rossiya qurol-aslahasini maqtay ketdi. Sovet davrida Iroq bu mashsulotning katta xaridorlaridan biri edi. Moskvada tomonlar qiymati 4 milliard dollarga teng yangi kelishuv imzoladi.

“Yejednevniy Jurnal” gazetasi harbiy tahlilchisi Aleksandr Golts so’zlariga ko’ra, iroqliklar Rossiyada ishlab chiqarilgan aslaha bilan yaqindan tanish. Uni ishlatish uchun jiddiy treyning shart emas.

“Saddam Husayn rahbarligi davrida Iroq 90 foiz qurolini Rossiyadan yoki Sovet Ittifoqidan xarid qilar edi”, - deydi u.

Yangi bitimga muvofiq, Iroqqa yuk samolyotlari, vertolyotlar va havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari yetkaziladi.

Moskvadagi Karnegi jamg’armasi eksperti Aleksey Malashenkoning aytishicha, Iroq bu mahsulot uchun to’laydimi yoki bu shunchaki Kremldan tuhfami, bunisi qorong’u.

Rossiya bilan imzolangan bitim shundan dalolatki, Iroq harbiy sohada faqatgina Vashingtonga tayanib qolmoqchi emas.

Jeyms Jeffri, AQShning Iroq va Turkiyadagi sobiq elchisi, bu borada “Amerika Ovozi” bilan suhbatda bo’ldi.

“Iroq so’nggi yillarda Amerikadan ham katta miqdorda qurol-aslaha sotib olgan, orada 12 milliard dollarga teng kelishuv bor. Ikki mamlakat, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashda hamda energetika sohasida yaqin hamkor”, - deydi sobiq diplomat.

Rossiya energetika kompaniyalari ham Iroqda faol ish olib boradi. Moskvadagi uchrashuvda prezident Putin neft va gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish kerak, deya undadi.

Yuqori darajadagi tashrifning yana bir muhim jihati bor. Ma’lumki, Kreml “Arab bahori”ni boshdan kechirgan davlatlarda, xususan Misr, Tunis va Liviyada mag’lub bo’lgan tomonlar yonini olgan.

Aleksey Malashenko nazarida, Kreml arab dunyosida mavqeini tiklab olish niyatida va bu ishni Iroqdan boshlamoqda.

Putin bilan muloqotda, Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy Rossiyaning tashqi siyosatini, xususan Suriya masalasida Turkiya va sunniy arab hukumatlariga qarshi turganini olqishladi.

Samolyoti Turkiyaning tekshiruviga uchragan Rossiya uchun bunday bayonotlar ma’qul. Yo’lovchi samolyot ichidan harbiy va tinch maqsadda qo’llasa bo’ladigan kommunikatsiya vositalari topilib, musodara qilingan edi.

Lekin bu janjalga qaramasdan, deydi tahlilchi Malashenko, Moskva Anraqa bilan normal aloqa yuritishni istaydi.

Kuzatuvchilar nazarida Yaqin Sharqda shia va sunniylar o’rtasida kurash ketmoqda. Tarozining bir pallasida Livanda asoslangan Hizbulloh, Suriya, Iroq va Eron. Ikkinchi pallasida esa Turkiya, Iordaniya va Fors ko’rfazi davlatlari.

Sharhlovchilar Rossiyani ko’proq shialar ittifoqiga yon bosayotgan davlat deb ko’radi.
XS
SM
MD
LG