Breaking News

Xodorkovskiy qamoqdan chiqib onasini ko'rgani Germaniyaga ketdi


Mixail Xodorkovskiy
Mixail Xodorkovskiy
Rossiyada neft ketidan bir paytlar milliardlab dollar ishlab, so’ngra qalloblikda ayblanib 10 yildan ortiq vaqt qamoqda o’tirgan Mixail Xodorkovskiy prezident Vladimir Putin avf etgani bois muddatidan oldin ozodlikka chiqdi.

Xodorkovskiyning qamoq muddati yozda tugashi kerak edi, ammo u Putinga xat yozib, onasining sog’lig’i yomonlashgani tufayli uni avf etishini so’ragan.

Ozodlikka chiqqach, Xodorkovskiy Germaniya kasalxonasida davolanayotgan onasining yoniga jo’nab ketdi.

Sobiq "Yukos" neft kompaniyasining sobiq rahbari soliqdan bo’yin tovlash va qalloblikda aybdor deb topilgan.

Ammo Xodorkovskiyni begunoh deb bilgan tomonlarga ko'ra, u aslida Putinga qarshi siyosiy kampaniya boshlagani uchun nishonga olingan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG