Breaking News

Rossiyaning Olimpiya qo'mitasi rahbari iste'foga chiqdi


Rossiya sporti dopingdan xoli bo'ladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

Rossiyaning Olimpiya qo'mitasi rahbari Aleksandr Jukov iste'foga chiqdi. Tahlilchilar fikricha, bu yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasidan bir qator rossiyalik sportchilarning haydalishiga sabab bo'lgan doping mojarosi ketidan Rossiya sport sohasini tozalashga kirishgan. Ammo mamlakat uchun global sport hamjamiyati ishonchini qayta qozonish oson kechmaydi.

Rossiya sport olamining eng kuchli shaxslaridan biri bo'lgan Aleksandr Jukov yaqinda Pekinga borib, shaharning 2022-yilgi qishki olimpiadaga tayyorgarligi bilan tanishdi.

"Olimpiada va boshqa yirik sport musobaqalariga mezbonlik qilishda beqiyos tajribaga egasiz. Iqtidorli odamlarning yangi avlodini ham tarbiyalagansiz", - dedi u.

Jukov Prezident Vladimir Putinning siyosiy ittifoqdoshi. Putin iste'fo sababini Jukovning parlamentdagi vazifasiga ko'proq e'tibor bermoqchi ekani bilan izohladi.

"Shak-shubhasiz bu to'g'ri qaror. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Aleksandr Dmitriyevich sport uchun ko'p ish qildi va yana qiladi, deb ishonaman", - dedi Putin.

Rossiya rahbari Jukovning ketishi va doping mojarosi orasida biror bog'liqlik borligini tilga olmadi. O'nlab sportchilar, shuningdek, paralimpiyachilarning to'liq tarkibi Olimpiada o'yinlariga qo'yilmadi.

Ayrimlar fikricha, Rossiya hammasini boshidan boshlamoqchi.

"Rossiyaliklarga endi juda qiyin bo'ladi. Chunki o'rtadagi ishonchga jiddiy putur yetgan", - deydi tadiqoqtchi Filip Barker

Jukov 2014-yilgi Sochi Qishki olimpiadasini tashkillashtirish qo'mitasi raisi bo'lgan.

Dopingga qarshi dunyo agentligi xulosasiga ko'ra, Rossiyada davlat homiyligida doping dasturi ishlagan. Sochi laboratoriyasida sportchilarning analiz natijalarini tozasiga almashtirish uchun devorlarda maxsus teshiklar yaratilgan.

Rossiyaning sportdagi obro'sini tiklash uchun bir odamning ketishi kifoya emas, deydi Barker.

"Bir nechta yechimlarni amalga oshirish kerak. Ulardan birining amalga oshishi, ayniqsa, qiyin. Bu laboratoriyalarni xalqaro tekshiruvchilarga ochish va ularga bosim o'tkazmaslik. Bu haqda gapirganlar yoki bu ishlarni fosh qilganlar ilgari kuchli bosim va tazyiqqa uchragan edi", - deydi Barker.

Rossiya dopingga qarshi kurashda kamchiliklar bo'lganini tan oladi, ammo siyosiy sabablarga ko'ra butunlay ajratib qo'yilganidan norozi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG