Breaking News

Moskva-Vashington aloqalari yanada chigallashgan


Moskvada hukumatga qarshi namoyishlar... Amerikaliklarga Rossiyadan bola asrab olishni man etuvchi qonunga nisbatan qarshilik kuchli.
Moskvada hukumatga qarshi namoyishlar... Amerikaliklarga Rossiyadan bola asrab olishni man etuvchi qonunga nisbatan qarshilik kuchli.
AQSh-Rossiya aloqalarini siyosatdonlar “yangi sovuq urush” deya ta’riflamoqda. Yaqinda AQSh Kongressi inson huquqlarini poymol etgan rossiyalik mulozimlarga qarshi sanksiya joriy etdi. O’z navbatida, Duma amerikaliklarga Rossiyadan bola boqib olishni man etdi.

Rossiya-Qirg'iziston harbiy hamkorligi/Ulug'bek Sokin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:09 0:00
Yuklab oling

Prezident Barak Obamaning Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash sa’y-harakatlari o’tgan yillar ichida konkret natijalar bergan.

Uzoq masofali raketalarni kamaytirishga qaratilgan kelishuv shular jumlasidan. BMT Xavfsizlik Kengashida esa Rossiya G’arb davlatlari qatorida Eronga qarshi sanksiyalarni qo’llab-quvvatladi.

Prezident Bill Klinton davrida mudofaa vaziri bo’lgan Vilyam Koenga ko’ra, Tehronning yadroviy dasturini to’xtatish uchun xalqaro hamjamiyat bosimni davom ettirishi kerak.

“Aks holda, Yaqin Sharq beqaror bo’lib qolaveradi, so’nggi chora urush degan bayonotlar yangrayveradi. Mojaroni bartaraf etishdan barcha davlatlar manfaatdor, jumladan, Rossiya va Xitoy”, - deydi Koen.

Moskva va Vashington o’rtasidagi yaqin hamkorlikka yana bir misol Afg’onistondagi xalqaro qo’shin uchun zarur anjomlar Rossiya hududi orqali olib o’tilayotganidir.

AQSh harbiylari Ulyanovsk shahridagi havo bazasidan ham foydalanmoqda. Kelasi ikki yilda afg’on missiyasi yakunlanib, amerikalik askarlar uyga qaytar ekan, mazkur baza bu jarayonda muhim rol o’ynaydi.

Ikki prezidentga xavfsizlik bo’yicha maslahatchilik qilgan Brent Skoukroft so’zlariga ko’ra, ikki davlat hozir sovuq urush davrida bo’lgani kabi bir-biriga dushman emas.

“Global miqyosda olib qaraydigan bo’lsak, Amerika Rossiya yoki Xitoy bilan urushib-tortishayotgan biror jiddiy nuqtani ko’rmaysiz. Bundan foydalanib qolish kerak”, - deydi sobiq rasmiy.

Putin va Obama boshidan bir-biri bilan til topisha olmagan
Putin va Obama boshidan bir-biri bilan til topisha olmagan
Tashqi siyosatda Vashington va Moskva kelisha olmayotgan masalalardan biri bu Suriya mojarosi. Obama ma’muriyati prezident Bashar al-Assadni hokimiyatdan ketishga chaqirgan bo’lsa, Kreml uning eng sodiq ittifoqchilaridan biri bo’lib qolmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashida Assadga qarshi sanksiya qo’yish takliflari ovozga qo’yilganida, Rossiya hammasiga rad javobini bergan.

Lekin so’nggi payt Kreml Assaddan uzoqlashayotgan ko’rinadi. Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Mixail Bogdanov Moskvadagi bir yig’inda nutq so’zlab, Suriya hukumati mamlakat ustidan nazoratni boy berayotgani hamda muxolifat g’alaba qilishi mumkinligini aytgan.

Oradagi bahsli masalalardan yana biri bu – AQShning Yevropa davlatlarida raketa hujumiga qarshi mudofaa sistemalarini o’rnatishidir. Maqsad, deydi rasmiylar, ittifoqchilarni Eron singari davlatlardan himoya qilish. Kreml esa bu gaplarga ishonmaydi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ochiq gaplashishga o'rgangan, lekin kelishmovchiliklar baribir yechilmadi
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ochiq gaplashishga o'rgangan, lekin kelishmovchiliklar baribir yechilmadi
Ekspertlar fikricha, Vladimir Putin prezidentlikka qaytganidan beri fuqarolik jamiyatini ezib kelmoqda, Vashington bunga jiddiy e’tiroz bildirayotgani sezilmaydi.

AQShning BMTdagi sobiq elchisi Jon Bolton nazarida bu Putinning o’ziga ishonchi baland ekanini va AQSh e’tirozlaridan qo’rqmasligini namoyish etadi.

“Natijada u siyosiy muxolifatga qarshi dadil choralar ko’rmoqda. Iqtisodiy jabhada ham cheklovlar joriy etdi. Maqsadi hokimiyat kimning qo’lida ekanini ko’rsatib qo’yish”, - deya mulohaza yuritadi Jon Bolton.

Sobiq mudofaa vaziri Vilyam Koenga ko’ra, AQSh inson huquqlari kuychisi degan nomini tiklashi kerak.

“Huquq va erkinlik e’zozlansin, har bir hukumat o’z xalqi oldida javobgar ekanini his etsin, deb qayta-qayta eslatib turaylik. Rossiya bilan ishlash oson emas, lekin barcha masalalar bo’yicha ochiqchasiga, samimiy gaplashish zarur. Inson huquqlariga kelganda, aql o’rgatish emas, namuna bo’lish maqsadga muvofiq”, - deydi Koen.

Prezident Obama ikkinchi muddati davomida ham Rossiya bilan munosabatlarga jiddiy e’tibor qaratadimi-yo’qmi, buni yaqin kelajak ko’rsatadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG