Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy va Tojikiston harbiylari ishtirokida "Tinchlik missiyasi-2012"

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar harbiy o’quv mashg’ulotlarida O'zbekiston kuchlari nafaqat ishtirok etmadi, balki Qozog'iston harbiy texnikasining o'z yeridan Tojikiston mashq maydoniga o'tib olishiga ruxsat ham bermadi. Mashqlar davomida besh davlat harbiylari tog'oldi maydonlarida yirik terroristik kuchlar to'dasini yo'qotish, harbiy obyektlarni yong'indan saqlash va o'chirish, harbiy havo kuchlari va piyoda qo'shinlarning mushtarak operasiyalarini bajarishdi. Xitoy bronetank qo'shinlari, Tojikiston piyoda qo'shinlari, Qozog'iston va Qirg'iziston desantchilari Rossiya harbiy havo kuchlari yordamida to'goldi daralarida shartli terroristik to'dalarni yo'qotish vazifasini a’lo darajada bajarishdi. Mahalliy ekspertlarga ko’ra, regionda bunday mashqlarni to’g’li joylarda emas, aholi punktlarida o’tkazish rejasi ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki, deyishadi ular, tog’ hududlarida harbiy texnikani ishlatish taktikasi oldindan ishlab chiqilgan va harbiylar qishloq yoki shaharlarda jang olib borish tajribasiga ega emaslar.
To'liq holda ko'ring

1
2
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti harbiy mashqlarida 4 davlat harbiy qo'mondonlari va kuzatuvchilar So'g'd poligonida
3

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti harbiy mashqlarida 4 davlat harbiy qo'mondonlari va kuzatuvchilar So'g'd poligonida

Tinchlik missiyasi - 2012
4

Tinchlik missiyasi - 2012

Ko'proq...

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG