Breaking News

Sietl-Toshkent birodarlikning 40 yilligini nishonladi


Sietl Toshkent bilan 1973-yillardan beri o'ziga xos aloqalarga ega. Madaniyat, ilm-fan va iqtisod bobida hamkorlik qiladi.
24-27 iyun kunlari Toshkent shahar hokimiyati vakillari Sietlda bo'lib, birodarlik aloqalarining 40 yilligini nishonladi.

Sietl va Toshkent birodar shaharlar/Navbahor
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:22 0:00
Yuklab oling

Tinch okeani bo'yida joylashgan azim shahar, Vashington shtatidagi metropolis, 1973-yildan beri (video) O'zbekiston poyxtati bilan madaniy rishtalarga ega.

Sietl rasmiylarining aytishicha, shu kungacha orada kamida 100 bora tashrif uyushtirilgan. Madaniy-ilmiy tadbirlar o'tkazilgan. Ikki shahar, ikki xalqni bir-biriga yaqinlashtiradigan omillar ko'p.

Amerika va O'zbekiston orasidagi siyosiy aloqalar qay tusda bo'lishidan qat'i nazar, deydi Sietl shahar kengashining yetakchi a'zosi Salli Klark (Sally Clark), Toshkent bilan hamkorlik to'xtamagan va to'xtamaydi.

"Shahrimiz rahbariyati va aholisi O'zbekiston poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar bo'lmish Toshkent bilan birodarlik rishtalariga ega ekanidan faxrlanadi. Bu birodarlik faqat timsol emas, balki insonlarni insonlarga bog'laydi, hamkorlik va taraqqiyotni targ'ib qiladi",- dedi Klark xonim Sietl shahar kengashida Toshkent shahar hokimi muovini Ikrombek Berdibekov boshchiligidagi delegatsiyani qutlar ekan. (24-iyun kuni o'tgan bu tadbirni maqola tagidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin)

Sietl ahli nomidan Toshkentga zarhal harflar bilan bitilgan va ramkaga solingan minnatdorchilik nomasi topshirildi. (Maktub original holda chap tomonda)

O'zbekistondan kelgan mehmonlar esa Salli Klarkka milliy libos va sovg'alar taqdim etdi.

Sietl shahri nomidan Toshkentga noma (suratni bossangiz kattalashadi)
Sietl shahri nomidan Toshkentga noma (suratni bossangiz kattalashadi)
Toshkent shahar hokimi muovini Ikrombek Berdibekov Sietl shahar qonunchilari oldida so'zlar ekan, mustaqillik yillarida mahalliy kengashlarning roli oshdi, deb aytdi.

Toshkent kundan kunga taraqqiy etmoqda, nafaqat Markaziy Osiyoning, balki dunyoning eng zamonaviy va rivojlangan, ko'rkam va shu bilan birga o'ziga xos shaharlaridan biriga aylanishga harakat qilmoqda, dedi rasmiy Sietl mutasaddilari bilan muloqotda.

Dan Peterson, Sietl-Toshkent Birodar Shaharlar Uyushmasi raisi deydiki, avgust-sentabr oylarida O'zbekistonga katta delegatsiya mehmonga boradi. Maqsad Toshkent shahridagi o'zgarishlar bilan tanishish, rasmiylar va jamoatchilik bilan muloqot qilish.

Bunday tashabbuslarni faqat gap deb chetga surish oson, deydi Peterson, lekin xalqlar bir-birini tushuna boshlashi uchun oldin oddiy fuqarolar bir-birini tanishi, dildan gaplashishi kerak.

Sietl-Toshkent Birodar Shaharlar Uyushmasi Sovet davrida aynan shu niyatda tuzilgan. Bugun Sietlda Toshkent tinchlik parki bor, Toshkentda ham birodar shahar bog'i ochilgan.

600 mingdan ortiq aholiga ega Sietl Toshkent yoki O’zbekistonning boshqa shaharlari singari qadimiy emas, vujudga kelganiga hali 150 yil ham bo’lmadi. Lekin bu hududda minglab yillar davomida hindu qabilalar yashagan. “Sietl” (Seattle) ulardan birining yetakchisi bo’lgan. Amerika bo’ylab ko’plab shtat, shahar va tumanlar nomi aslida hindu ism yoki so’zlardir.

Bugun bu yerda yuzlab o'zbekistonliklar yashaydi. Ular orasida nafaqat o'zbeklar, balki tatar, ukrain, rus va yahudiylar ham bor.

Sietlni dunyoga tanitgan dargohlardan biri, Vashington Universiteti Markaziy Osiyo tillari va madaniyatidan dars beruvchi fakultetga ega. Bu ilm maskani mintaqashunos mutaxassislar, diplomatlar va tarjimonlar tayyorlaydi. Universitet O'zbekiston oliygohlari va tadqiqot institutlari bilan cheklangan tarzda bo'lsa ham aloqa qilib keladi.

24-iyun kuni o'tgan Sietl shahar kengashida kechgan tadbirni ingliz tilida quyidagi videoning 7:15-27:15 minutlarida tomosha qiling)


  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG