Breaking News

Senat uchun poyga qanday kechmoqda?


Tramp va AQSh Senati uchun kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

Tramp va AQSh Senati uchun kurash

8-noyabr kuni amerikaliklar nafaqat prezident balki Kongress a’zolari hamda mahalliy qonunchilar va rahbarlar uchun ham ovoz beradi.

Demokratlar Donald Trampni tanqid qilish bilan band.

“Trampning kimligi dunyoga ma’lum: ayollarga hurmati yo’q”, - deydi Hillari Klinton.

Nomzodlar respublikachilarni nishonga olishda Trampning so’zlaridan foydalanmoqda.

Ayrim respublikachilar Trampga qarshi.

“Partiyamning nomzodini qoralash og’ir”.

Ba’zi respublikachilar bir qarorga kelmagan yoki bir quvvatlab, bir yuz o’giradi. Tramp Hillari Klintonchalik yomon emas, deydi ular.

“Hillari Klintonga biror ma’lumotni ishonib topshirib bo’lmaydi. U maxfiy informatsiyani eplolmaydi”,- deydi Florida shtatidan respublikachi senator Marko Rubio.

“Respublikachilar asosiy saylovchilarning ko’nglini olishi kerak. Ular orasida esa nozik saylovchilar ko’p, ya’ni hali ham Donald Trampni quvvatlayotganlar”,- deydi Jon Fiyeri, strateg.

Demokratlar Senatda hukmronlik qilish uchun kamida to’rt o’rinni yutishi kerak. Agar Klinton yutsa. Tramp yutsa, besh o’rinni.

“Senatda ko’pchilik o’rinni egallaymiz. Respublikachilar parcha-parcha bo’lib ketdi. Nomzodlarining ahvolini qarang. Tramp bilan nima qilishni bilishmaydi”.

Respublikachilar Senatda demokratlarga qaraganda ikki karra ko’proq o’rinni saqlab qolishi kerak. Ayrim shtatlarda demokrat nomzodlar oldinda.

Konservatorlar raqobat qattiq deydi.

“Keskin kurash ketmoqda. Kim yutishini aytish qiyin”, - deydi Mitch Makkonnel, Senatda respublikachilar sardori.

Biroq ommaviy so’rovlarda amerikaliklar ko’p hollarda respublikachilarni maqtaydi. Keksa konservatorlarning nufuzi baland. Demokratlarning reytingi yuqori bo’lgan joylarda ham respublikachilar yutishi mumkin. Ayrimlar nazarida Klintonga nisbatan salbiy fikrlar ularga qo’l kelmoqda.

“Saylovda kim yutishidan qat’i nazar, AQSh Senatida prezidentning takliflarini elakdan o’tkazib, unga yo’q deya olishga qodir odamlar kerak”, - deydi senator Rubio.

Trampning betayin gaplari deb Kongressni demokratlarga boy berishimiz mumkin deydiganlar ham anchagina.

“Agar Donald Tramp sayovda 10 foiz farq bilan yutqazsa, ishlar rasvo deyavering. Senat va Vakillar Palatasida mag’lubiyat ehtimoli yuqori”, - deydi strateg Fiyeri.

Demokratlar esa har gapida Trampni respublikachilarga bog’laydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG